Safaviylar davlati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Safaviylar imperiyasi
Davlati Qizilbosh

imperiya
[[Oq qoʻyinli|]] Flag of None.svg
 
[[Afrosiyob sulolasi|]] Flag of None.svg
 
[[Mehriboniylar|]] Flag of None.svg
 
[[Shirvonshohlar|]] Flag of None.svg
 
[[Baduspaniylar|]] Flag of None.svg
1501 — 1736


Flag of None.svg [[Afshorlar|]]
 
Flag of None.svg [[Hotak sulolasi|]]
 
Flag of None.svg [[Rossiya imperiyasi|]]
 
Flag of None.svg [[Usmonli imperiyasi|]]
Safavid Flag.svg Lion and sun Emblem2.svg
Bayroq (1576–1732) Arslon va Quyosh: Safaviylar davlat bayrog'ida Alini ifodalovchi arslon, shia dinining shon-shuhratini quyosh bilan birga Arslon va quyosh
Safavid Iran.png
Abbos I davrida Safaviylar imperiyasi.
Poytaxti Tabriz,Qazvin,Isfaxon
Til(lar)i ozarbayjoncha, forscha
Dini Shia Islom
Pul birligi Tuman, Abbosiy, 1 tuman = 50, Abbosiy, 1 tuman = 50 fransuz livri, 1 tuman = £3
Maydoni 2900000
Boshqaruv shakli Irsiy monarxiya
Sulola Safaviylar
 - 1501—1524 Ismoil I(birinchi)
 - 1732—1736 Abbos III(oxirgi)
Tarix
 -  1726—1729 Nodirshohning hukumatni egallashi

Safaviylar davlati - Oʻrta Sharqda safaviylar boshqargan davlat (15021736). Ardabil hukmdori Ismoil oq qoʻyunlilar va ularning ittifoqdoshlari ustidan gʻalaba qozonishi natijasida barpo etilgan. Safaviylar davlati tarkibiga Ozarbayjon, Armanistonning bir qismi, Eron, hozirgi Afgʻoniston (Balx viloyatidan tashqari), Arab Iroqi (vaqtvaqti bilan) va boshqa hududlar kirgan. Safaviylar, asosan, qizilboshlilarga tayangan. 16-asrgacha poytaxt Tabrizda boʻlib, 1548-yil Qazvinga koʻchirilgan. Davlat dini shialik boʻlgan. Shoh Tahmosb I davrida koʻchmanchi qabilalar taʼsiri kuchayib, Safaviylar davlatida xalq qoʻzgʻolonlari avj olgan. 1535-yil Xurosondagi xalq qoʻzgʻolonidan foydalangan Buxoro xoni Ubaydullaxon Hirotni bosib olgan. Tahmasp I Kavkazorti, Kurdiston, Iroqni qaytarib olish uchun Usmonlilar bilan tinimsiz urushlar olib borgan. Tahmasp I vafotidan soʻng boshlangan oʻzaro urushlar natijasida Safaviylar davlati inqirozga uchrab, mayda mulklarga boʻlinib ketgan. Bundan foydalangan Usmonlilar Safaviylar davlatining shim. qismini, oʻzbek xonlari Xurosonni bosib oldi. Bu vaqtga kelib qizilboshlilar Abbos I atrofiga birlashgan. 1597-yil Xuroson oʻzbeklardan tortib olingan. Harbiy islohot oʻtkazilgan. Poytaxt Isfahonga koʻchirilib, unda va boshqa shaharlarda qurilish ishlari olib borilgan. 16031607-yillar Luriston, Armaniston, Gruziya, Ozarbayjon Usmonlilardan qaytarib olingan. 1623-yil Bagʻdod ham qoʻshib olingan. Savdo va hunarmandchilik taraqqiy etgan. Abbos II ning vafotidan soʻng Safaviylar davlati yana inqirozga uchray boshlagan. 18-asr boshlarida Afgʻonistondagi safaviylar hokimi Mir Vays oʻzini mustaqil deb eʼlon qilgan. 1722-yil uning oʻgʻli Mahmud Safaviylar davlatining ancha qismini birlashtirgan. Safaviylarning afgʻonlar va usmonlilarga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borgan sarkardasi Nodirshoh safaviylar sulolasini taxtdan agʻdarishi bilan Safaviylar davlati barham topgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil