Qozoq xonligi
Qozoq xonligi qozoqcha: Қазақ хандығы; Qazaq handyǵy Xonlik | |||||||
| |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||
![]() | |||||||
Poytaxti | Suzak (1465—1469) Sigʻnoq (1469—1511, 1521—1599) Saroychiq (1511—1521) Turkiston (1599—1630) Toshkent (1630—1729) Turkiston (1729-1781) | ||||||
Til(lar)i | Qozoq tili Turkiy til (adabiyot) | ||||||
Dini | Sunniy Islom | ||||||
Maydoni | 3,3 million km2 | ||||||
Aholisi | 2.5 million (1800) | ||||||
Qozoq xonligi (qozoqcha: قازاق حاندىعى, Қазақ хандығы; Qazaq handyǵy)[1][2] — qozoq davlati. 1465-yilda Oltin Oʻrda va 1468-yilda Oʻzbek ulusi qulashi jarayonida tashkil topgan. Hozirgi Qozogʻiston va qisman unga yondosh davlatlarning hududida joylashgan.
Xonlikning oltin davri Qosimxon, Haqnazarxon, Tavakkal, Ishimxonlar hukmronliklari davriga toʻgʻri keladi[3].
Davriylashtirish[tahrir | manbasini tahrirlash]
Qozoq xonligi, XV asrning ikkinchi choragida Joʻjixon avlodidan boʻlgan hukmdorlar — Kirayxon va Jonibekxonlar, oʻzlarining davlatlariga Yettisuv hududida asos solishlari bilan vujudga kelgan. Turli xil manbalarda, davlatga asos solinganligining har xil sanalari koʻrsatiladi: 1470-yil Qozogʻiston tepaliklari va Sirdaryo etaklari hududida katta yerni boshqargan yoki 1465-yil — Chu daryosi vodiysida kichik xonlik eʼlon qilingan deb taxmin qilinadi.
Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]
Davlatga asos solinishidan oldingi davr[tahrir | manbasini tahrirlash]
1227-yilda Dashti qipchoq hududida Oltin Oʻrda tarkibida Oq oʻrda davlati tashkil topdi. Oltin Oʻrda tarkibidan ajralib chiqqanidan soʻng, Oq oʻrda 1361-yilda mustaqil davlatga aylandi. Ammo 1428-yilda Baroqxon vafot etganidan keyin Oq oʻrda hududida Oʻzbek ulusi va Noʻgʻay oʻrdasi tarkib topdi. Qolgan yerlar, janubda Mustafoxon va shimolda Muhammadxon oʻrtasida oʻzaro taqsimlandi.
Xonlikning tashkil topishi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Abulxayrxon Oʻzbek ulusi hukmronligi tepasiga kelib, hukumatni isloh qilish va davlatni markazlashtirish siyosatini olib borishni boshladi. Abulxayrning qattiqqoʻllik siyosatidan norozi boʻlgan Kirayxon va Jonibekxonlar boshchiligidagi qozoq qabilalar gʻarbiy Moʻgʻulistonga koʻchib oʻtishga majbur boʻldilar, ularning hukmdori Esen-Bugaxon qozoqlarni Abulxayrxonga qarshi yoʻnaltirdi. 1462-yilda Esen-Bugaxon vafotidan soʻng Kirayxon va Jonibekxonning mavqei mustahkamlana boshladi.
Kirayxon va Jonibekxonlarni qoʻllab-quvvatlovchilar soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar turlicha talqin qilinadi. Tarix fanlari doktori R. Barievning soʻzlariga koʻra, Oʻzbek ulusining barcha koʻchmanchi qabilalarini uchdan bir qismi Moʻgʻulistonga koʻchib oʻtgan. 1500-yilga kelib Qozoq xonligi butun Sharqiy Dashti qipchoq hududida oʻz oʻz taʼsir doiralarinni sezilarli darajada kengaytirgan[4][5].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Русско-монгольские отношения, 1607—1654: сборник документов. — М.: Издательство восточной литературы, 1959. — С. 419.
- ↑ Почекаев Р. Ю. «Чингизово право». Правовое наследие Монгольской империи в тюрко-татарских ханствах и государствах Центральной Азии (Средние века и Новое время). — Казань: Татарское книжное издательство, 2016. — 309 с.
- ↑ БРЭ 2018.
- ↑ Монетный двор Касым хана, archived from the original on 2014-04-22, https://web.archive.org/web/20140422031431/http://www.express-k.kz/show_article.php?art_id=55888, qaraldi: 2021-04-01
- ↑ В Иране найдены новые сведения о хане Касыме