Kontent qismiga oʻtish

Bahrom Avazov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Avazov Bahrom Beknazarovichdan yoʻnaltirildi)
Bahrom Avazov
Tavalludi 3-yanvar 1970-yil

Bahrom Beknazarovich Avazov (1970-yil 3-yanvar, Gʻuzor tumani) – kurashchi, xalqaro miqyosdagi sport ustasi (1998), „Oʻzbekiston iftixori“ (2003)[1]. Avazov kurashning 81, 90 kg va mutlaq vazn toifalarida Oʻzbekiston (1991- 2001), Osiyo (2001, Toshkent) va jahon (2000, Antaliya; 2001, Budapesht) chempioni. Mutlaq vazn toifasida xalqaro musobaqalar (1996, Shahrisabz; 1998; Xiva) va Alpomish oʻyinlari (1998, Termiz) gʻolibi. Avazov Qarshi pedagogika institutini tugatgan (1991), shu institutda katta oʻqituvchi (1991-2003), Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi Qashqadaryo viloyat filiali direktori (2003-yildan)[2].