Ubay ibn Kaʻb

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Abu Tufayl (Abu Munzir) Ubay ibn Kaʼb ibn Qays ibn Ubayd ibn Zayd ibn Muoviya ibn Amr ibn Molik ibn NajjorMuhammad (alayhissalom) huzuridagi vahiy yozuvchi kotiblaridan biri bo‘lgan. Manbalarda Ubay ibn Kaʼb vahiyni yozishdan oldin ham, keyin ham Payg‘ambarga (alayhissalom) o‘qib berar, u kishi, agar xato bo‘lmasa, yozishga ruxsat berardilar, deyiladi. Umar ibn Xattob Ubay ibn Kaʼbni „Musulmonlar sayyidi“ deb nomlagan. Ushbu sahoba ikki Aqaba bay’atida ham qatnashgan, Badr jangi va undan keyingi barcha g‘azotlarda ishtirok etgan. U kishidan 164ta hadis rivoyat qilingan. Muhammad u zotdan Qurʻon qiroatini o‘tkazganlar. Anas ibn Molik (roziyallohu anhu) rivoyat qiladi:

"Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) Ubay ibn Kaʼbga: „Alloh taolo menga sen qiroat qilib berishingni aytdi“, dedilar. „Alloh mening ismimni zikr qildimi?“, dedi u. U zot: „Ha“, dedilar. Shunda Ubay ibn Kaʼb yig‘lab yubordi" (Imom Muslim va Imom Termiziy rivoyati).

Sahobaning Islomga muhabbati kuchli va mustahkam aqida sohibi bo‘lib, Muhammadning bironta suhbatini ham qoldirmas edi.

Ubay ibn Kaʼb har sakkiz kunda Qur’oni karimni xatm qilib turgan va oyatlarning nozik nuqtalarigacha yaxshi tushungan. Muhammad bunday degan:

„Ummatlarim ichida ularga eng mehribonrog‘i Abu Bakr, Allohning dinida kuchlirog‘i Umar, hayo qilishda komilrog‘i Usmon, hukm chiqarishda peshqadamrog‘i Ali va eng ko‘p tilovat qiluvchirog‘i Ubay ibn Kaʼbdir“ (Ruhul bayon).

Sahoba hijriy 22-yili, baʼzi rivoyatlarda 30-yilda vafot etgani aytilgan[1].

Manbalar[tahrir]