Tim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Tim (fors.toj.) — usti yopiq bozor, savdo rastasining baland tomi, gumbazi. Tim lar qadimda asosan yirik shahar markazlarida, koʻchalar kesishgan chorraha, chorsu, guzar maydonida, karvonsaroylar yaqinida joylashgan. Usti ulkan gumbaz bilan qoplanib, bir necha hunarmandlik doʻkonlari va savdo rastalarini oʻz ichiga olgan. Timlar shahar meʼmoriy qiyofasini belgilashda muhim ahamiyatga ega boʻlgan. Sugʻdlarning shahar ichidagi bozorlari va savdo rastalari arab manbalarida "suk" deb, chorrahada joylashganlari "choxorsuk" yoki chorsu deb yuritilgan. Keyinchalik 4 tomoni kesishgan koʻcha markazida joylashgan savdo tarmoqlari toqlar qurilgan. Narshaxay, Klavixo, E.Jekinson va boshqalarning esdaliklarida Timlar qurilishi haqida maʼlumotlar saqlangan. Abdullaxon timi, Olloqulixon karvonsaroyi va timi kabi noyob meʼmoriy yodgorliklar hozirgi kunda mahalliy savdo markazlari sifatida oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan. TIMAN KRYAJI Sharqiy Yevropa tekisligining shim.sharqidagi qirlar. Shim.gʻarbda Barens dengizining Chesha qoʻltiqchasidan jan.sharkda Vichegda daryosining boshlanish yerigacha choʻzilgan (RF Komi Respublikasi va Arxangelsk viloyatida). Uz. 900 km ga yaqin. Tim granit, siyenit, kristalli slanets kabi jinslar bilan, yer usti esa antropogen davri quruqlik va dengiz yetqiziklari bilan krplangan. Eng baland joyi 471 m (Chetlasskiy Kamen).

Timning shim. qismi tundra va oʻrmonli tundra, jan. kismi tayga zonasida (qoraqaragʻay, oqqaragʻay, qaragʻay oʻsadi). Titan minerallari (Yarega), boksit (Chetlasskiy Kamen), neft va gaz (Us, Vuktil va boshqalar) konlari bor.