Yozyovon tumani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yozyovon tumani — Fargʻona viloyatidagi tuman. 1952 y. 16 aprelda tashkil etilgan (1959 y. 14 dek.da Toshloq tumani bilan birlashtirilib Oxunboboyev nomi berilgan, 1962 y. 24 dek.da Oxunboboyev tumaniga Margʻilon tumani ham qoʻshilgan. 1980 y. 27 dek.da Yo.t. qayta tuzildi). Yo. t. viloyatning Toshloq, Oxunboboyev, Oltiariq, Buvayda tumanlari, Namangan viloyatining Pop tumani, Andijon viloyatining Ulugʻnor, Boʻz tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 0,41 ming km2. Aholisi 71,6 ming kishi (2000). Yo. t.da 1 shaharcha (Yozyovon), 10 qishloq fuqarolari yigʻini (Guliston, Yozyovon, Ishtirxon, Xonobod, Choʻliguliston, Yangiboʻston, Yangiobod, Qatortol, Qorasoqol, Qoratepa) bor. Markazi — Yozyovon shaharchasi. Tabiati. Yo. t. Fargʻona vodiysining markazida, Yozyovon choʻlida joylashgan. Relyefi asosan tekislik boʻlib, shim.ga tomon qiya. Yer yuzasi gil, qumoq, qumloq va qumdan iborat. Shim.

gʻarbiy qismida barxanlar — doʻng qum, marza qum shakllari uchraydi. Qumli choʻlning bir qismini saqlab qolish maqsadida 1991 y.da "Yozyovon choʻli" tabiat yodgorligi (mayd. 1842 ga) tashkil etilgan. Iklimi keskin kontinental, yozi issiq, qishi sovuq. Yogʻinning koʻp qismi bahor va qishda yogʻadi. Iyulning oʻrtacha trasi 27°, yanvar niki — 2,2°. Vegetatsiya davri 218 kun. Yiliga 120—130 mm yogʻin tushadi. Fargʻona (Xoʻjand) darvozasi orqali vodiy ichkarisiga esuvchi kuchli "Qoʻqon shamoli" ekinlarga katta zarar keltiradi. Qishda teztez tuman tushadi. Yo. t.dan Katta Andijon kanali va Yozyovon soyi oqib oʻtadi. Suv inshootlari, artezian va drenaj quduqlari yordamida yer osti suvlaridan foydalaniladi. Tuproqlari asosan sugoriladigan oʻtloq, qisman qumli va qumli oʻtloq tuprokdar hamda shoʻrxoklardan iborat. Vohalarda madaniy ekinlar, mevali va manzarali daraxtlar, butalar, begona oʻtlar, qumliklarda qora saksovul va oq saksovul, qandim, cherkez, yulgʻun oʻsadi. Xilmaxil qushlar, turli kaltakesaqlar, tulki, boʻri, chiyaboʻri yashaydi. "Qizil kitob"ga kiritilgan qizil astragal, fargʻona chipor kaltakesagi, shtraux qurbaqaboshi, echkemar uchraydi. Aholisi, asosan oʻzbeklar, shuningdek, qirgʻiz, tojik, rus, tatar, qoraqalpoq va b. millat vakillari ham yashaydi. 1 km2 ga oʻrtacha 174 kishi toʻgʻri keladi (2000). Xoʻjaligi. Yo. t. asosan q. x.ga ixtisoslashgan boʻlib, yetakchi tarmogʻi paxtachilikdir. Sugʻoriladigan yerlar 18,5 ming ga, shu jumladan 7,8 ming ga paxta, 6,9 ming ga donli ekinlar, 2 ming gadan ziyod yer yemxashak ekinlari, 424 ga sabzavotpoliz ekinlari, 924 ga meva va tokzorlar bilan band. Yo. t. fermer va shaxeiy xoʻjaliklarida 15,6 ming qoramol, 18,6 ming qoʻy va echki, 270 dan ziyod yilqi, 10,5 ming parranda, 600 ga yaqin asalari uyasi bor. Pillachilik rivojlangan. Yo. t.da 2 gisht zdi, 5 qurilishtaʼmirlash ustaxonasi, avtokorxona, 910 kichik va xususiy korxonalar bor. Yo. t.dan Fargʻona—Namangan, Qoʻqon—Andijon avtomobil yoʻllari oʻtgan. Yo. t.dagi 33 umumiy taʼlim maktabi, 1 kollej, 2 litsey, sport maktabida 18,3 ming oʻquvchi taʼlim olmokda, 35 jamoat kutubxonasi, muzey, 10 dorixona, 801 oʻrinli 8 kasalxona, 4 poliklinika, 23 tibbiy shoxobcha mavjud. Aholiga 230 savdo shoxobchasi xizmat koʻrsatmokda. 1952 y.dan "Markaziy Fargʻona" tuman gaz. chiqadi (adadi 9000).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil