Kontent qismiga oʻtish

Qoraqum

Koordinatalari: 39°0′0″N 60°0′0″E / 39.00000°N 60.00000°E / 39.00000; 60.00000
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qoraqum
turkm. Garagum
Sunʼiy yoʻldoshdan olingan surat
Sunʼiy yoʻldoshdan olingan surat
39°0′0″N 60°0′0″E / 39.00000°N 60.00000°E / 39.00000; 60.00000
MamlakatTurkmaniston Turkmaniston
JoylashuviOʻrta Osiyo
typequmli
Maydoni350 000 km²
KoʻllarSariqamish koʻli, Turkman koʻli
KanallarQoraqum kanali
VohalarTejen vohasi, Marv vohasi
Yanvar oyi oʻrtacha harorati— 5°С + 3 °C
Iyul oyi oʻrtacha harorati28°С — 34 °C
Yillik yogʻingarchilik miqdori60 — 150 mm
Qoraqum (Osiyo)
Qoraqum

QoraqumOsiyodagi eng katta qumli choʻl. Oʻrta Osiyoning jan.da. Turkmanistonning asosiy qismini egallaydi. Shimolida Sariqamish botigʻi, shimoli-sharqda va sharqda Amudaryo vodiysi, janubi-sharqda Qorabel va Bodxiz qirlari, janubida Kopetdogʻ etaklari, gʻarbda qad. daryo oʻzani Oʻzboʻy bilan chegaradosh. Maydoni 400 ming km2. Qoraqumning asosiy qismi yosh grabenda joylashgan pasttekislikdan iborat. Oʻrtacha balandligi 100 m, janubi-sharqida 200–300 m, shimoli-gʻarbida esa 30–50 m. Qoraqumda paleogen davrining oxiri (oligotsen)gacha dengiz rejimi hukm surgan. Dengiz chekingach, allyuvial yotqiziqlar toʻplangan. Qoraqumning shimoliy qismlari Amudaryo, janubiy qismlari Tajan, Murgʻob daryolari va Kopetdogʻdan oqib tushgan qad. daryo yotqiziqlaridan hosil boʻlgan. Qoraqum tabiiy geografik jihatdan uch qismga: Ungʻuzorti Qoraqum (shim.da), Markaziy (Past) Qoraqum va Janubi-Sharqiy Qoraqumga boʻlinadi. Qoraqumning morfoskulptura relyefi juda murakkab. Unda toʻzima barxan qumlari, barxan zanjirlari, pastak kum tepalari, doʻng qumlar, qator tepa qumlari va koʻzanak qumlar kabi eol relyef shakllari keng tarqalgan. Pastqam yerlarda shoʻr, shoʻrxok va taqirlar uchraydi. Qoraqumning 9/10 qismi qumli yerlardan iborat. Qator tepa qumlari Markaziy Qoraqum bilan Ungʻuzorti Qoraqumida keng tarqalgan. Ular meridianal yoʻnalgan, mustahkamlangan uzun qum tepalaridir. Janubi-sharq va markaziy qismlarida qator tepa qumlarining balandligi 3–5 m dan 30 m gacha, ular orasidagi chuqurlik (joʻyak)larning eni 150–200 m. Qad. Amudaryoning miotsen va pliotsen gil-qum yotqiziqlaridan tuzilgan Ungʻuzorti Qoraqumida qator tepa qumlarining balandligi 40–60 m, ular oraligʻi esa oʻrtacha 0,5 km boʻlgan qator shoʻrxok soyliklardan iborat. Ungʻuzorti platosi epigersin plitada joylashgan boʻlib, ustini qalin mezokaynozoy yotqiziqlari qoplagan. Platoning yuzasi nisbatan tekis boʻlib, koʻproq paleogen davrining qumtosh, mergel va gillaridan tashkil topgan. Bular orasida gips va oltingugurt qatlamlari uchraydi. Markaziy (Past) Qoraqum chekka bukilmada joylashgan boʻlib, paleozoy jinslaridan iborat. Amudaryo Markaziy Qoraqumdan (bundan taxminan 20—30 ming yil avval) oqmay qoʻygan. Hazar dengizi (taxminan 15—20 ming yil avval) Markaziy Qoraqumda sathi 50 m mut-laq balandlikdagi keng qoʻltiq hosil qilganda, uning suvi shoʻr edi, chunki Amudaryo Xorazm botigʻi tomon oqqan.

Qoraqumning iqlimi keskin kontinental, quruq subtropikka xos xususiyatlari bor (moʻʼtadil havo massalari yozda tropik havo massalari bilan almashinib turadi). Shimolida yanvarning oʻrtacha temperaturasi —5°, janubida 3°, iyulniki shimolida 28°, janubida 34°. Havo trasining sutkalik amplitudasi juda katta (50°gacha, tuproqda 80°gacha). Yillik yogʻin 60 mm dan 150 mm gacha (jan.da koʻproq). Yogʻinning 70% noyabr—aprel da yogʻadi. Vegetatsiya davri 220—275 kun. Yiliga 30—60 kun garmsel esadi. Qoraqumning shimoli-sharqiy chegarasidan Amudaryo oqib oʻtadi; Tajan va Murgʻob daryolari qumga singib ketadi. Qoraqum grunt suvlariga boy: Amudaryo yaqinida 3–6 m dan (bu daryo Qoraqumdagi hamma yer osti suvlarining asosiy manbaidir), Qorabel qirlarida 300 m gacha chuqurlikda yotadi. Qoraqumda boʻz qoʻngʻir (asosan, Ungʻuzorti Qoraqumda), choʻl qum tuproqlari, shoʻrxoklar va taqir tuproqlar tarqalgan. Janubiy va janubi-sharqiy qismlarida qisman boʻz tuproqlar uchraydi. Bahorda Qoraqumning barxan qumlaridan tashqari hamma hududi efemer va efemeroidlar bilan qoplanadi. Rang (iloq) qoʻylarning asosiy ozuqasi, oq va qora saksovul, butalardan qandim, quyon-suyak, chakanda, astragallar Qoraqumning tro-pik oʻsimliklaridir. Barxan qumlarini mustahkamlashda selin, quyonsuyak va qandim, cherkez katta ahamiyatga ega. Sut emizuvchi hayvonlardan jayran, qarsaq tulki, boʻri, barxan mushugi, dasht mushugi, kemiruvchilar uchraydi. Qushlardan boyqush, toʻrgʻay, choʻl qargʻasi, chumchuqlar yashaydi. Sudraluv-chilardan ilonlar (charx ilon, oʻq ilon, dasht boʻgʻma iloni, koʻzoynakli ilon va boshqalar), kaltakesaklaraga-ma, gekkon, echkemar (uz. 1,5 m gacha), dasht toshbaqasi xos. Falanga, qoraqurt va chayonlar bor. Choʻlning koʻp qismi qoʻy va tuyalar uchun yil boʻyi yaylov. foydali qazilmalari: oltingugurt, neft, gaz. Qoraqumning janubiy qismidan Qoraqum kanali oʻtgan. Qoraqum orqali Oʻrta Osiyo — Markaz gaz quvuri oʻtkazilgan. Qoraqumda ekstensiv chorvachilik mavjud. Daraxtlar oʻtkazish va koʻchma qumlarni mus-tahkamlash hamda yaylov oʻsimliklari fitomelioratsiyasi boʻyicha ishlar amalga oshirilgan. Janubi-Sharqiy Qoraqumda Turk-maniston Fanlar akademiyasining Repetek qumli choʻl ilmiy tadqiqot stansiyasi joylashgan.

  • Fedorovich B.A., Lik pustini, M., 1954; Babayev A.G., Pustinya Karakumi, Ashxabad, 1963; Turkmenistan, M., 1969; Petrov M.P., Pustini zemnogo shara, L., 1973; Pustini Sentralnoy Azii, M. — L., 1966-67.

Murod Mamatqulov.