Mato

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mato — xalq badiiy hunarmandligida qadimdan qoʻlda toʻqib tayyorlangan toʻqimachilik mahsuloti; gazlama. Oʻrta Osiyo hududida ip (boʻz, janda, olacha, susi, chit, kalami), ipak (atlas, baxmal, zandonachi, shoyi) va nim-shoyi (beqasam, adras, parpasha) M.lar tayyorlash qadimdan keng tarqalgan. Dastlab gulsiz (sidirgʻa), keyinroq sodda gulli — hoshiyali, yoʻl-yoʻl va kataklar hosil qilib bezash yoʻlga qoʻyilgan; shuningdek, abrbandi usulida boʻyab tayyorlangan, bosma qolipda gul bosish (ayniqsa, chitgarlikda) rivojlangan. Oʻzbekiston hududi (Buxoro, Margʻilon, Namangan, Samarqand, Toshkent, Qoʻqon, Xorazm va boshqalar)da M. tayyorlash markazlari yuzaga kelgan va rivojlangan.

Xalq ustalari tomonidan hozirgi kunda anʼanaviy usullarda tayyorlanayotgan M.lar (adras, atlas, beqasam, shoyi va boshqalar) anʼanaviy naqshi va sifati bilan diqqatga sazovor; respublika hududida va xorijda ham ushbu M.larga talab katta.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil