Vassallik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vassallik (lot. vassalus — vassal, vassus — xizmatkor) — oʻrta ayerlarda Gʻarbiy Yevropada feodallar bir toi-fasi — vassallarning boshqasi — senorlardan shaxsiy qaramlik munosabatlari tizimi. V., odatda, senordan feod olib, evaziga muayyan majburiyatlarni: oʻz xojasini qoʻriqlashi va uning moddiy manfaatlarini himoya qilishi, bir yilda qirq kun harbiy xizmat oʻtashi yoki oʻz qaramogʻidagi mulki miqdoriga qarab otryad yuborishi, shuningdek ayrim vaqtda pul yordami berishi lozim boʻlgan. Biroq V. koʻpincha bu majburiyatlarni bajarmay, oʻz egasi — senoriga qarshi ham turgan. Oliy senor (syuzeren) vassaliga aylangan yirik feodallarning ham oʻz navbatida vassallari boʻlgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil