Axal viloyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Axal viloyati (sobiq Ashxobod viloyati) – Turkmaniston tarkibidagi viloyat. 1973 yil 27 dekabrda tashkil etilgan. Maydoni 95,4 ming km². Aholisi 875 ming kishidan ziyod (1997; Ashxobod shahri aholisisiz), asosan turkmanlar, shuningdek ruslar, o‘zbeklar, ukrainlar, ba-lujlar va boshqa yashaydi. Shaharliklar 62%. Axal viloyatida 9 tuman, 3 shahar va 13 shaharcha bor. Markazi – Ashxobod shahri Viloyatning kattagina qismini Qoraqum (hududining 90%dan ziyodi) egallagan, janubida Kopetdog‘ tog‘lari joylashgan. Foydali qazilmalari: tabiiy gaz (Markaziy Qoraqum gazli rayoni) va mineral qurilish materiallari (sement xom ashyosi, ohaktosh, qumoq, dolomit, qurilish qumi va tosh). Iqdimi keskin kontinental. Yanvarning o‘rtacha temperaturasi – 0,2°, iyulniki 30,9°. Yiliga 140 mm dan (Qoraqumda) 250 mm gacha (Kopetdog‘ tog‘larida) yog‘in yog‘adi. Asosiy daryosi – Tajan, shuningdek sug‘orishda foydalaniladigan kichik soylar bor. Viloyat hududidan Qoraqum kanalo‘ o‘tadi. 6 suv ombori qurilgan; eng yiriklari: 1-Tajan, 2-Tajan, Xor-Xor va Kopetdog‘. Sur tuproq, taqirsimon, o‘tloq va cho‘l qumloq tuproqlar tarqalgan. Bu-ta-efemer o‘simliklari o‘sadi. O‘rmonlar viloyat hududining 0,04% ni egallaydi (asosan Kopetdog‘ tog‘larida va Tajan daryosi vodiysida).Axal viloyatida ishlov beruvchi sanoat, sabza-votchilik, polizchilik va tokchilik yetakchi o‘rinda. Energetikasi Mari GRES va Buzmayin GRESdan keladigan energiya va tabiiy gazda ishlaydi. Sanoatining asosiy tarmog‘i – yengil sanoat (paxta tozalash va ip gazlama). Poyabzal, tikuvchilik, gilam to‘qish, ipak yigiruv va trikotaj fabrikalari bor. Oziq-ovqat va qurilish materiallari sanoati (g‘isht, sement, temir-beton buyumlar, shisha va boshqa ishlab chiqarish), mashinasozlik (shu jumladan neft va elektrotexnika) va metall-sozlik rivojlangan. Asosiy sanoat markazlari – Ashxobod, Tajan, Buzmayin.Axal viloyati paxta, sabzavot, poliz ekinlari, uzum yetishtirish va bog‘dorchilikka ixtisoslashgan. Chorvachilikda sut-go‘sht yetishtiriladi. Qoramol, qo‘y, echki, tuya, yilqi boqiladi. Axal viloyati hududidan O‘rta 811Osiyo temir yoʻl o‘tgan, avtomobil yo‘llari bor. Ashxobodda aeroport mavjud.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil