Toir Vohidov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Toir Abduqaharovich Vohidov
Таир Абдукахарович Вахидов
Tugʻilgan sanasi: 11-dekabr 1963-yil (1963-12-11) (58 yosh)
Tugʻilgan joyi: Samarqand, OʻzSSR
Unvoni: Grossmeyster(2009)
Maksimal reytingi: 2546 (2003-yil)
Dolzarb reytingi: 2380
Mukofotlari:

Oʻzbekiston iftixori

Toir Abduqahhorovich Vohidov (1963-yil 11-noyabrda  Samarqandda dunyoga keladi) — sovet va o‘zbek shaxmatchisi, grossmeyster (2009), hakam va murabbiy[1] . O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida shaxmat bo‘yicha ikkita jamoaviy olimpiadada (1996 va 2002)[2], ikkita jamoaviy jahon chempionatida (1993 va 2001) va uchta jamoaviy Osiyo chempionatlarida (1993, 1999, 2003) shaxmat surgan. 2014-yilda u FIDE hakami bo‘ladi.  

Shaxmatdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sovet davrida Toir Vohidov kuchli raqobat tufayli terma jamoaga kira olmadi. 1983-yilda shaxmat bo‘yicha sport ustasi unvonini oldi. SSSR parchalanganidan keyin shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi bo‘ldi. 1992-yili Toshkent shahrida shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda Grigoriy Serper bilan ikkinchi o‘rinni bo‘lishib olgan. 1993-yilda O‘zbekiston vise-chempioni bo‘ldi. 1997-yilda Shverin shahrida (Germaniya) ochiq turnirda ikkinchi o‘rinni egalladi. 2000-yilda Abu-Dabida (BAA) shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan turnirda ikkinchi o‘rinni oladi. 2004-yili Madras (Hindiston) shahrida shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan turnirda Toir Vohidov birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2005-yilda Bandar-Seri-Begavan (Bruney) shahrida o‘tkazilgan ikkita turnirda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. 2005-yildan keyin u shaxmat turnirlarida kamdan-kam ishtirok etadi. 2019-yilda “Inarkiyev Cup” xalqaro shaxmat festivalida uchinchi o‘rinni egallaydi[3] .

1993-yilda shaxmat bo‘yicha 10-jamoaviy Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida kumush medalni olishga musharraf bo‘ladi. 1999-yili shaxmat bo‘yicha 12-jamoaviy Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

2003-yil 1-yanvarda Toir Vohidov o‘z faoliyatidagi FIDE reytingida 2546 ball bilan maksimal reytingga erishib, o‘zbekistonlik shaxmatchilar ro‘yxatida ikkinchi bo‘ldi.

2015-yilda Chittagongdagi xalqaro turnirda g‘olib chiqdi (A.Al-Raqib bilan 1-2-o‘rinlarda)[4].

Sport natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Shahar Turnir + = Natija Joy
1993 yil Kuala Lumpur 10-jamoaviy Osiyo chempionati 1 2 1 4 dan 1½ 2 [5]
Lucerne 3- jamoaviy jahon chempionati 1 2 1 4 dan 1½
1996 yil Yerevan 32-Olimpiada 2 2 4 8 dan 4
1999 yil Shenyang 12-jamoaviy Osiyo chempionati 0 1 5 6 dan 2½ 1 [5]
2001 yil Yerevan 5-jamoaviy jahon chempionati 0 1 3 4 dan 1½
2002 yil Bled 35-Olimpiada 2 0 5 7 dan 4½
2003 yil Jodxpur 13-jamoaviy Osiyo chempionati 3 1 0 3/4 3 [6]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Vahidov, Tair FIDE Chess Profile - Players Arbiters Trainers“. ratings.fide.com. 3-iyun 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-dekabr 2019-yil.
  2. „OlimpBase :: Men's Chess Olympiads :: Tahir Vakhidov“. www.olimpbase.org. Qaraldi: 22-dekabr 2019-yil.
  3. Иван МАРЧЕНКО. „Кыргызстанцы победили на международном фестивале шахмат“ (ru). 24.kg (19-avgust 2019-yil). 22-dekabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-dekabr 2019-yil.
  4. „CJKS-Prime GM 2015 2015 - 365Chess.com Tournaments“. www.365chess.com. 4-fevral 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 4-fevral 2020-yil.
  5. 5,0 5,1 umumjamoa
  6. shaxsiy.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

FIDE saytida Toir Vohidovning shaxsiy kartasi

Chessgames.com ma'lumotlar bazasida Toir Vohidov o'yinlari