Nodirbek Yoqubboyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Nodirbek Yoqubboev
Nodirbek Yoqubboyev.jpg
Tugʻilgan sanasi: 23-yanvar 2002-yil (2002-01-23) (20 yosh)
Tugʻilgan joyi: Xorazm Oʻzbekiston
Unvoni: Grossmeyster (2019), xalqaro usta (2017)
Maksimal reytingi: 2630 (2021-yil)
Dolzarb reytingi: 2620[1]
Mukofotlari:

Oʻzbekiston iftixori

Nodirbek Yoqubboev (2002- yil 23-yanvar, Toshkent) — oʻzbekistonlik shaxmatchisi, grossmeyster (2019-yil). Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston chempionati gʻolibi (2016, 2018, 2020). Hindistonning Chennay shahrida o'tkazilgan 44-shaxmat Olimpiadasi chempioni. Oʻzbekiston iftixori medali sohibi.

Tarjimai hol[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yilda Nodirbek Yoqubboyev 14 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan shaxmat boʻyicha jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritdi[2] va ilk marta shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston chempioni boʻldi[3]. 2017-yilda Osiyo chempionatida 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasida shaxmat boʻyicha  gʻolib chiqdi[4]. 2018-yilda Nodirbek Yoqubboyev  Oʻzbekiston chempionatida   ikkinchi marta shaxmat boʻyicha gʻolib boʻldi[5], 2020-yilda esa bu muvaffaqiyatni uchinchi marta takrorladi[6]. 2021-yilda Nodirbek Yoqubboyev Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun FIDE hududi turnirida ikkinchi oʻrinni tutdi va shaxmat boʻyicha FIDE Jahon kubogida qatnashish huquqini qoʻlga kiritdi[7]. 2021-yilda Sochidagi Jahon chempionatida u ikkinchi bosqichga chiqdi va u chexiyalik grossmeyster David Navaraga 0,5:1,5 hisobida yutqazdi.

2018-yilda shaxmat olimpiadasida Oʻzbekiston terma jamoasini himoya qilgan[8].

2021-yil noyabr oyida Rigada Nodirbek Yoqubboyev „FIDEning katta Shveysariyasi“ turnirida 54-oʻrinni egalladi[9].

Turnirlardagi muvaffaqiyati uchun FIDE Nodirbek Yoqubboyevga 2017- yilda xalqaro usta (IM)[10] va 2019-yilda xalqaro grossmeyster (GM) unvonlari taqdim etildi[11].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]