Marjona Malikova
Qiyofa
| Malikova Marjona | |
| Malikova Marjona Abdumajid qizi | |
| Tugʻilgan sanasi: | 17-iyul 2002-yil |
| Tugʻilgan joyi: | Oqdaryo tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston |
| Unvoni: | Ayollar oʻrtasida xalqaro master (2023) |
| Maksimal reytingi: | 2055 (2023-yil avgust) |
| Mukofotlari: | |
Malikova Marjona Abdumajid qizi – Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi aʼzosi, Oʻzbekiston championi hisoblanadi[1].
Hindistonning Chennay shahrida boʻlib oʻtgan Butunjahon 44-shaxmat olimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etgani uchun „Kelajak bunyodkori medali“ bilan taqdirlangan[2].
Sport natijalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2011-yil – Shaxmat bilan shugʻullana boshlagan.
- 2017-yil – Toshkent shahrida oʻtkazilgan Osiyo chempionati kumush medal soxibi.
- 2017-yil – Qarshi shahrida oʻtkazilgan „Qarshi-Open“ xalqaro shaxmat musobaqa ishtirokchisi.
- 2018-yil – Toshkent shahrida oʻtkazilgan Gʻarbiy-Osiyo chempionati 5-oʻrin.
- 2018-yil – Maktab oʻquvchilari oʻrtasida Respublika chempionatida 1-oʻrin.
- 2018-yil – Toshkent shahrida 16 yoshgacha qizlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionatida 2-oʻrin.
- 2019-yil – Toshkent shahrida oʻtkazilgan Osiyo chempionatida 2-oʻrin..
- 2019-yil – Oʻzbekiston chempionatida 1-oʻrin.
- 2020-yil – Samarqand shaxrida oʻtkazilgan A.Anarqulov xotirasiga oʻtkazilgan musobaqada 1-oʻrin
- 2021-yil – Xotin-qizlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionatida 6-oʻrin.
- 2022-yil – Xotin-qizlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionatida 4-oʻrin.