Vladimir Yegin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yegin Vladimir Nikolayevich
ruscha: Егин Владимир Николаевич'
Fayl:Yegin Vladimir Nikolaevich.jpg
Tugʻilgan sanasi: 3-sentyabr 1952-yil (1952-09-03) (71 yosh)
Tugʻilgan joyi: Moskva, Sovet Ittifoqi
Maksimal reytingi: 2476 (2002-yil yanvar)
Mukofotlari:

Yegin Vladimir Nikolayevich (1952-yil Moskva shahrida tugʻilgan) — SSSR Shaxmat ustasi, Oʻzbekiston chempioni, Xalqaro toifadagi Grossmeyster, Xalqaro shaxmat akademiyasi murabbiyyi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sport ustozi faxriy unvoni sohibi

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yegin Vladimir 1974—1976-yillarda Oʻzbekiston Davlat suv xoʻjaligi va melioratsiya loyihalashtirish-qidirish va ilmiy-tekshirish instituti muhandisi sifatida ish boshlaydi, 1976—1984–yillarga kelib esa u oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublika Fanlar Akademiyasining „Kibernetika“ instituti katta muhandisi sifatida davom ettirdi. 1984—1992-yillarga kelib Rossiya Federatsiyasi „Krasnaya Zarya“ ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi katta ilmiy xodimi ish faoliyatini yoʻlga qoʻydi. Undagi shaxmatga boʻlgan qiziqish va salohiyat 1992—1994-yillarda Oʻzbekistonda Yangiyoʻl shahar oʻquvchilar uyi shaxmat murabbiysi boʻlib ishini davom ettrishga sababchi boʻldi. Oradan ikki yil oʻtgach esa 1994—1996-yillarda Toshkent viloyat shaxmat maktabi murabbiyisi sifatida ishini davom ettridi. Uning bu sohadagi yetuklig darajasini hisobga olgan holda 1998—1999-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi shaxmat boʻyicha sportchi-yoʻriqchisi sifatida faoliyatini davom ettirishga toʻgʻri keldi. Biroz tanafusdan soʻng 2002—2004-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi shaxmat boʻyicha sportchi-yoʻriqchisi sifatida yana ishini davom ettirdi. 2008—2017-yilga qadar esa Sport oʻyinlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabi katta murabbiyi boʻlib shaxmatchilar mahoratini oshirishga hissa qoʻshdi. 2017—2019-yillarda Shaxmat boʻyicha ixtisoslashtirilgan Olimpiya zaxiralari Respublika bolalar-oʻsmirlar sport maktabi murabbiyi boʻlib yoshlarga taʼlim bergach, uning sohadagi yutuqlarini va tajribasini hisobga olgan holda 2019-yilda Xalqaro Shaxmat Akademiyasi murabbiyi sifatida tan olindi.

Eʼtirof[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yegin Vladimir 1995-yilda Xalqaro sport ustasi darajsini oldi, 1979-yil shaxmat boʻyicha SSSR sport ustasi FIDE murabbiyi (2012)[1]. Shaxmat boʻyicha 1979-yilgi Oʻzbekiston SSR chempionati gʻolibi (17 balldan 12,5 ball) boʻldi[2]. 2004 — 2007-yillardagi Oʻzbekiston chempioni, 2007-yilda u Timur Gareev va Anton Filippov bilan birga 13 balldan 9,5 ball toʻpladi[3]. 2009-yilgi Oʻzbekiston chempionatining bronza medali sovrindori boʻldi. Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida 1998-yilda shaxmat boʻyicha olimpiadalar, jamoaviy jahon chempionati va Osiyo jamoaviy chempionatlari ishtirokchisidir. Hindistonning Chennay shahrida boʻlib oʻtgan Butunjahon 44-shaxmat olimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etgani uchun Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi Yegin Vladimir Nikolayevich Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Maksimal reyting — 2476 (2002-yil yanvar).

Natijalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Shahar Musobaqa + = Natija Oʻrni
1973 Odessa Sahxmat ustalari musobaqasi
1977 Тoshkent Oʻzbekiston SSSR chempionati
Toshkent Memorial A. Xodjaeva 7 2 6 10 iz 15 2—5[4]
1978 Toshkent Oʻzbekiston SSSR chempionati
1979 Toshkent Oʻzbekiston SSSR chempionati 12½ iz 17 1
Moskva SSSR xalqlarining VII Spartakiadasi (Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi)
1985 Toshkent A. Xodjaev xotirasi
1996 Yekaterinburg G. V. Bastrikov xotirasi 2 3 4 4 iz 9 6—7[5]
1997 Moskva G. A. Goldberg xotirasi 6½ iz 13 6—8[6]
Sankt-Peterburg M. I. Chigorin xotirasi [7]
1998 Genting Jamoalar oʻrtasidagi Osiyo chempionati(Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi) 6 0 1 6½ iz 7
Элиста XXXIII Olimpiada (Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi) 2 2 3 3½ iz 7
Orol Shaxmat boʻyicha xalqaro turnir 6½ iz 13 8—9[8]
2001 Kalkutta Osiyo Chempionati
Yerevan Shaxmat boʻyicha jamoalar oʻrtasidagi jahon chempionati (Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi) 1 0 3 2½ iz 4
2004 Kalviya XXXVI Olimpiada (sbornaya Oʻzbekiston) 0 2 5 2½ iz 7
2007 Toshkent G.T. Azamov xotira turniri 5 2 2 6 iz 9
Toshkent Oʻzbekiston Chempionati 6 0 7 9½ iz 13 1—3
2009 Toshkent G.T. Azamov xotira turniri
Toshkent Oʻzbekiston Chempionati 7½ iz 12 3—4[9]
2011 Toshkent G.T. Azamov xotira turniri
2012 Toshkent G.T. Azamov xotira turniri
2013 Toshkent G.T. Azamov xotira turniri
2014 Toshkent G.T. Azamov xotira turniri
2015 Toshkent G.T. Azamov xotira turniri
Olmaota Oʻrta Osiyo Kubogi
2016 Аbu-Dabi Osiyo Millatlar Kubogi
Toshkent G.T. Azamov xotira turniri
2017 Toshkent G.T. Azamov xotira turniri

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „На сайте ФИДЕ“. 2018-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 20-mart.
  2. „Архивированная копия“. 2018-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 20-mart.
  3. „Чемпионат Узбекистана среди мужчин (Высшая Лига)“ (deadlink). 2018-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 20-mart.
  4. Yutuq I.V.Ivanov.
  5. Yutuq A. Y. Vaulin.
  6. YutuqYe. Ye. Vorobiyev va B.Annakov.
  7. Pobedil K. R. Sakaev.
  8. Pobedil S. G. Kalugin.
  9. Yutuq J. Hamroqulov