Jahongir Vohidov
Jahongir Vohidov | |
Jahongir Tohirovich Vohidov | |
![]() | |
Tugʻilgan sanasi: | 27-aprel 1995-yil |
Tugʻilgan joyi: | Samarqand ![]() |
Yashash joyi: | Toshkent |
Unvoni: | Grossmeyster (2019), xalqaro usta (2017) |
Maksimal reytingi: | 2564 (Avgust, 2022-yil) |
Dolzarb reytingi: | 2586 (2016-yil) |
Mukofotlari: |
Jahongir Tohirovich Vohidov (1995-yil 27-aprel, Samarqand, Oʻzbekistonda tugʻilgan[1]) — oʻzbekistonlik shaxmatchi, 2014-yilda grossmeyster unvoniga sazovor boʻlgan. Tromso shahrida o‘tkazilgan 41-Butunjahon shaxmat olimpiadasi (2014-yil)da O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida dona surgan. Shaxmatning rapid yoʻnalishi bo‘yicha O‘zbekiston chempioni (2015-yil)[2]. Hindistonning Chennay shahrida oʻtkazilgan 44-shaxmat Olimpiadasi g‘olibi. Oʻzbekiston iftixori medali sohibi[3].
Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Jahongir 2013—2014- va 2015—2016-yillarda Hastings xalqaro shaxmat kongressining gʻolibi boʻlgan. Sportchi 2017-yilgi shaxmat bo'yicha Jahon kubogi yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan va musobaqaning birinchi bosqichida Peter Svidler tomonidan magʻlubga uchratilgan edi.
U, shuningdek, shaxmat bo‘yicha 2021-yilgi Jahon kubogiga yo‘llanmasiga ega chiqadi. Turnirda 137-o‘rinni egallab, birinchi bosqichda Levan Pantsulaiani 1,5:0,5 hisobida mag‘lub etgan. Ikkinchi bosqichda to‘qqizinchi raqam ostida tasniflangan Leinier Domínguez Pérezni 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaqa boʻladi. Uchinchi bosqichda esa Pavel Ponkratovdan mag‘lubiyat qabul qilib olishga majbur bo‘ladi[4].
Vahidov 2022-yilgi Shaxmat Olimpiadasida so‘nggi turning hal qiluvchi o‘yinida 4-doskada Max Warmerdamni mag‘lub etib, o‘yin natijasini O‘zbekiston foydasiga hal qildi va ularga Olimpiadada g‘olib chiqish imkonini taqdim etdi[5]. Ushbu olimpiadada sportchi oʻz doskasida individual natijalar boʻyicha oltin medalni ham qoʻlga kiritadi[6]. Olimpiada doirasida Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari tarkibida, Jahongir Vahidov bilan birgalikda, Nodirbek Abdusattorov (18 yosh), Shamsiddin Vohidov (20 yosh), Javohir Sindarov (17 yosh), Nodirbek Yoqubboyev (20 yosh) kabi sportchilar ham mamlakat sharafini himoya qilishgan[7].
Natijalar jadvali[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil | Shahar | Turnir | + | − | = | Natija | Oʻrin |
---|---|---|---|---|---|---|---|
2010 | Kuala-Lumpur | «3rd KL Open Chess Championship» | 5 | 3 | 1 | 5½ / 9 | [8] |
2011 | Bandar-Seri-Begavan | «Brunei 2011 IM Tournament 1» | 3 | 0 | 6 | 6 / 9 | [9] |
Bandar-Seri-Begavan | «Brunei 2011 IM Tournament 2» | 4 | 0 | 5 | 6½ / 9 | [10] | |
Kuala-Lumpur | «Raja Nazrin Shah Invitational Masters Chess Championship» | 5 | 1 | 3 | 6½ / 9 | [11] | |
2012 | Bandar-Seri-Begavan | «Brunei Invitational Grand Master Tournament 2012» | 5 | 0 | 4 | 7 / 9 | [12] |
2013 | Dushanbe | «3rd Central Asia Cup» | 5 | 0 | 4 | 7 / 9 | [13] |
2014 | Tromso | 41-Butunjahon shaxmat olimpiadasi | 5 | 3 | 1 | 5½ / 9 | |
2022 | Chennay | 44-shaxmat olimpiadasi | 5 | 0 | 3 | 6½ / 8 |
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Ratings“. fide.com. Qaraldi: 9-avgust 2022-yil.
- ↑ „GM Вахидов Жахонгир из Самарканда - Чемпион Узбекистана по рапиду 2015!“. 14-noyabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-noyabr 2018-yil.
- ↑ „44-shaxmat Olimpiadasi g'oliblarini mukofotlash“. president.uz (10-avgust 2022-yil). Qaraldi: 11-avgust 2022-yil.
- ↑ „Tournament tree — FIDE World Cup 2021“. worldcup.fide.com. Qaraldi: 20-iyul 2021-yil.
- ↑ „⚡️⚡️⚡️Jahongir Vohidovdan g‘alabaaa!“. Telegram.org. Qaraldi: 9-avgust 2022-yil.
- ↑ „Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi vakili, bugungi kun qahramoni Jahongir Vohidov o‘z doskasida individual natijalar bo‘yicha oltin medal oldi!“. Telegram.org. Qaraldi: 9-avgust 2022-yil.
- ↑ „Hindistonning Chennay shahrida o‘tkazilgan Butunjahon shaxmat olimpiadasida ishtirok etgan terma jamoamizning to‘liq tarkibi bilan tanishing:“. Telegram.org. Qaraldi: 9-avgust 2022-yil.
- ↑ „Grossmeysterning 1-normasi“. 10-avgust 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-avgust 2022-yil.
- ↑ „Grossmeysterning 2-normasi“. 10-avgust 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-avgust 2022-yil.
- ↑ „Grossmeysterning 3-normasi“. 10-avgust 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-avgust 2022-yil.
- ↑ „Grossmeysterning 1-normasi“. 10-avgust 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-avgust 2022-yil.
- ↑ „Grossmeysterning 2-normasi а“. 10-avgust 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-avgust 2022-yil.
- ↑ „Grossmeysterning 3-normasi“. 10-avgust 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-avgust 2022-yil.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
|