FIDE

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fide (FIDE; fransuzcha: Federation internationale des Eshecs) — xalqaro shaxmat federatsiyasi. 1924-yil Parijda tuzilgan. 149 mamlakatni birlashtiradi (1995); Oʻzbekiston — 1992-yildan aʼzo. Shiori — "hammamiz bir oilamiz" (lot. Gens una sumus). Bir qancha yirik xalqaro musobaqani, shu jumladan, erkaklar (1927-yildan) va ayollar (1957-yildan) shaxmat olimpiadalari; shaxsiy (1886-yildan erkaklar oʻrtasida, 1927-yildan ayollar oʻrtasida) jahon chempionatlari va jamoalar oʻrtasida (1985-yildan erkaklar jamoalari oʻrtasida, 4 yilda bir marta) birinchilik, shuningdek, sirtqi shaxmat (1947-yildan) va tezkor shaxmat (1988-yildan), koʻzi ojizlar (1966-yildan) va kompyuterlar (1974-yildan) oʻrtasida jahon chempionatlari, kompozitsiya tuzuvchilar oʻrtasida (1956-yildan) tanlovlar uyushtiradi.