Umida Omonova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Umida Omonova
Omonova Umida Shuhrat qizi
Tugʻilgan sanasi: 25-aprel 2006-yil (2006-04-25) (16 yosh)
Tugʻilgan joyi: Sherobod tumani, Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston
Yashash joyi: Toshkent, Oʻzbekiston
Unvoni: FIDE sport ustasi
Dolzarb reytingi: 2228[1]

Omonova Umida Shuhrat qizi (2006-yil 25-aprel; Sherobod tumani, Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston) — taniqli oʻzbek shaxmatchisi. Surxondaryo shaxmat maktabi vakilasi. Bolalar va oʻsmirlar, maktab oʻquvchilari oʻrtasida oʻz yosh toifasida 10 karra Oʻzbekiston chempioni. 2016-yildan Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi aʼzosi. Osiyo miqyosidagi qator shaxmat chempionatlari[2][3] va butunjahon shaxmat olimpiadasi gʻolibasi[4][5][6]. FIDE sport ustasi unvoni sohibasi (2019). Oʻzbekiston tarixida ushbu unvonni qoʻlga kiritgan eng yosh ayol master. Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori (2021). Rapid va blits yoʻnalishlarida oʻsmirlar oʻrtasida jahon chempioni (2022)[7]. Hozirda Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasining Xalqaro shaxmat akademiyasi sportchi-oʻquvchisi[8].

Respublika gender komissiyasi aʼzosi Saida Mirziyoyeva yosh shaxmatchilarni medallar bilan tabriklab, Umida Omonova haqida quyidagi fikrlarni bildirdi:

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „International Chess Federation“. Ratings.fide.com. Qaraldi: 4-iyul 2022-yil.
  2. „Oʻzbekistonlik yosh shaxmatchilar Osiyo chempionatida 5ta oltin medal qoʻlga kiritishdi“. Kun.uz (10-aprel 2019-yil). Qaraldi: 4-iyul 2022-yil.
  3. „Oʻzbekistonlik yosh shaxmatchilar Osiyo chempionatida birinchi oʻrinni olishdi“. Kun.uz (28-iyun 2019-yil). Qaraldi: 4-iyul 2022-yil.
  4. „Oʻzbekistonlik yosh shaxmatchilar jahon chempionatida 5ta medalni qoʻlga kiritishdi“. Kun.uz (29-aprel 2019-yil). Qaraldi: 4-iyul 2022-yil.
  5. „Oʻsmirlar oʻrtasidagi Butunjahon shaxmat olimpiadasida Oʻzbekiston 2-oʻrinni oldi“. Kun.uz (6-noyabr 2019-yil). Qaraldi: 4-iyul 2022-yil.
  6. „Butunjahon Shaxmat olimpiadasida ishtirok etgan oʻzbekistonlik shaxmatchilar taqdirlandi“. Kun.uz (26-noyabr 2019-yil). Qaraldi: 4-iyul 2022-yil.
  7. 7,0 7,1 „Umida Omonova rapid va blits yoʻnalishlarida oʻsmirlar oʻrtasida jahon chempioni boʻldi“. Kun.uz (4-may 2022-yil). Qaraldi: 4-iyul 2022-yil.
  8. „Zulfiya mukofoti sovrindorlari eʼlon qilindi“. Kun.uz (3-mart 2021-yil). Qaraldi: 4-iyul 2022-yil.