Nafisa Mo‘minova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nafisa Mo'minova
Jinsi Ayol
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Qaysi sport shaxmat
Tavallud sanasi 1-fevral 1990-yil (1990-02-01) (33 yosh)
Tavallud yeri Toshkent

Nafisa Mo'minova (tug'. 1990-yil 1-fevral, Toshkent) — oʻzbek shaxmatchisi, ayollar oʻrtasida grossmeyster (2013)[1]. Oʻzbek shaxmatchilari orasida birinchi boʻlib xalqaro grossmeyster unvonini qoʻlga kiritdi[2].

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nafisa toʻrt yoshida otasi unga shaxmat oʻynashni oʻrgatgan. Fargʻona viloyati Oʻzbekiston viloyati 2-sonli bolalar va oʻsmirlar sport maktabi bitiruvchisi[3]. 2007-yili Nafisa Mo'minova shaxmat boʻyicha qizlar oʻrtasida oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. 2008-yili Tehronda shaxmat boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida 18 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida ikkinchi oʻrinni egalladi. U shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionatining koʻp karra laureati boʻlib, ikkita oltin (2008, 2011), kumush (2009) va ikkita bronza (2005, 2007) medallarini qoʻlga kiritgan.

Shaxmat bo'yicha ayollar o'rtasidagi jahon chempionatida qatnashgan:

  • 2008-yilda Nalchikda birinchi raundda Tatyana Kosintsevaga yutqazdi[4] ;
  • 2010-yilda Antakyada birinchi raundda Chju Chenga yutqazdi[5].

U FIDE (2013-2014) ayollar o'rtasidagi "Gran-pri"da qatnashgan, ammo to'rtta turnirda o'ninchi o'rindan yuqoriga ko'tarila olmadi[6].

Nafisa toʻrtta shaxmat olimpiadasida (2008-2012, 2016) Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan. U ikki marta (2008, 2016) ayollar jamoalari oʻrtasidagi Osiyo chempionatlarida qatnashgan va jamoaviy bahslarda kumush medalni (2016) qoʻlga kiritgan[7]. 2010- yilda Osiyo oʻyinlarining shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jamoaviy turnirida qatnashib, jamoaviy bahslarda bronza medalini qoʻlga kiritgan[8]. Shuningdek, 2009-yil Yopiq inshootlardagi Osiyo oʻyinlarining ayollar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha jamoaviy turnirida qatnashib, jamoaviy bahsda kumush medalni qoʻlga kiritdi[9].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]