Grigoriy Serper

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Grigoriy Serper
Tavalludi 14-sentyabr 1969-yil
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston AQSH bayrogʻi AQSh
Unvoni grossmeyster

Grigoriy Yuryevich Serper (14-sentyabr 1969-yil, Toshkent) – amerikalik shaxmatchi, grossmeyster (1992).

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Grigoriy 1969-yil 14-sentyabrda Oʻzbekiston SSR, Toshkent shahrida tavallud topgan. Otasi Yuriy Grigoryevich Serper muhandis, onasi Svetlana Davidovna Chernova matematik va dasturchi boʻlgan. U olti yoshida shaxmat oʻynashni boshlagan. Birinchi ustozi bobosi boʻlgan. Grigoriy 1985-yilda 16 yoshida mashhur Moskva shaxmat maktabida Botvinnik va Kasparovda oʻqishni boshlagan. 1992-yil Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida shaxmat olimpiadasida kumush medalni qoʻlga kiritgan[1]. Novosibirsk xalq xoʻjaligi institutini tamomlagan. Novosibirskda harbiy xizmatni oʻtab, 1988-yilda Avstraliyaning Adelaida shahrida shaxmat boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi 27-jahon chempionatida qatnashgan. Ushbu kuchli turnirda Serper 9/13 hisob bilan 3-oʻrinni, raqiblari Lautier, Ivanchuk va Gelfandlar mos ravishda 1, 2 va 4-oʻrinlarni egallagan[2].

Grigoriy Yuryevich 1996-yil yanvar oyida oilasi bilan AQShga koʻchib oʻtgan. 1999-yilda shaxmat boʻyicha Jahon shaxmat chempionatida gʻolib boʻldi va oʻsha yili Amerika shaxmat chempionati finaliga chiqdi (yarim finalda Aleks Yermolinskiyni magʻlub etdi), ammo finalda chempion Boris Gulkoga gʻoliblikni qoʻldan boy berdi.

Serper muntazam ravishda Chess.com uchun „Gserper“ foydalanuvchi nomi bilan maqolalar yozadi[3].

Mashhur oʻyin[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaxmat Informator hakamlar hay’ati Grigoriyning Larri Kristiansen bilan boʻlgan oʻyinini Shaxmat Informatorining 59-jildidagi 666 oʻyin ichida ikkinchi eng yaxshi oʻyin deb eʼtirof etishdi. Larri Kristiansen buni 1990-yillardagi oltinchi sevimli oʻyini deb baholadi.

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Serperning akasi amerikalik pianinochi Arkadiy Serper, 1992-yilgacha Gnesin nomidagi musiqa pedagogika institutining musiqiy komediya kafedrasi mudiri boʻlib ishlagan.

Amakisining qizi Olga Naumovna Ortenberg arfachi boʻlgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „OlimpBase :: Men’s Chess Olympiads :: Grigory Serper“. 2021-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 18-dekabr.
  2. Chess Informant, Vol. 46, Šahovski Informator, p. 448
  3. „ГРИГОРИЙ СЕРПЕР“. Qaraldi: 2023-yil 11-noyabr.