Nilufar Yoqubboyeva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nilufar Yoqubboyeva
Tugʻilgan sanasi: 29-avgust 2000-yil (2000-08-29) (23 yosh)
Tugʻilgan joyi: O'zbekiston
Unvoni: Xalqaro toifadagi master (2020-yil)
Maksimal reytingi: 2281 (sentabr, 2019-yil)
Hozirgi reytingi : 2299

Nilufar Yoqubboeva (2000-yil, 29-avgust, Toshkent, Oʻzbekuston) — oʻzbekistonlik shaxmatchi. Xalqaro darajadagi ayol master (2020-yil). Shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionati gʻolibi (2019-, 2020-, 2021-yillar).

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nilufar Yoqubboyeva ketma-ket uch yil: 2019-, 2020-[1] va 2021-yillarda[2] ayollar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston chempionatida gʻolib chiqqan shaxmatchidir. 2021-yilning iyul oyida Nilufar Yoqubboyeva Sochi shahrida boʻlib oʻtgan shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon kubogida ishtirok etib, 1-raundda perulik shaxmatchi Deysi Cori Telloga 0,5:1,5 hisobida magʻlub boʻlgandi[3]. Turnirlardagi muvaffaqiyati uchun FIDE uni 2020-yilda ayollar xalqaro ustasi (WIM) unvoniga loyiq deb topadi.

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nilufar Yoqubboyevaning shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston chempionatida bir necha bor gʻolib chiqqan Nodirbek Yoqubboev ismli ukasi bor[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]