Jodhpur

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jodhpur, Mapvar — Hindistonning shim.-gʻarbidagi shahar. Tar choʻlining chekkasida, Rajastxon shtatida. Aholisi 510 ming kishidan ziyod (1990-y.lar oʻrtalari). Transport yoʻllari tuguni. Toʻqimachilik, teri, farmatsevtika korxonalari, mexanika ustaxonalari va b. bor. Badiiy hunarmandchilik (fil suyagiga ishlov beriladi, liniy liboslar, shishadan ziynat buyumlari va b. tayyorlanadi) rivojlangan. Shaharga 15-a. oʻrtalarida asos solingan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil