Kontent qismiga oʻtish

Javohir Sindarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Javohir Sindorovdan yoʻnaltirildi)
Javohir Sindarov

Javohir Sindarov 2022-yilgi shaxmat olimpiadasida
Tugʻilgan sanasi: 8-dekabr 2005-yil (2005-12-08) (18 yosh)
Tugʻilgan joyi: O'zbekiston
Unvoni: Grossmeyster (2019-yil)
Maksimal reytingi: 2701 (Dekabr, 2023-yil)
Hozirgi reytingi : 2701 (Mart, 2024-yil)

Javohir Sindarov (Sindorov Javohir; 2005-yil 8-dekabr, Toshkent, Oʻzbekistonda tugʻilgan)[1][2] — oʻzbekistonlik shaxmatchi. Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining bronza medali sovrindori (2018-yil). O‘zbekiston chempioni (2019-yil). U 2018-yilning oktabr oyida 12 yosh 10 oy-u 5 kunligida grossmeyster unvoniga sazovor bo‘lgan. Sportchi ushbu natijasi bilan dunyodagi eng yosh ikkinchi grossmeyster sifatida oʻzini tarixga muxrlab qoʻyishga erishgan. Hindistonning Chennay shahrida oʻtkazilgan 44-shaxmat Olimpiadasi g‘olibi. Oʻzbekiston iftixori medali sohibi[3].

Javohir 2017-yilning oktabr oyida xalqaro usta unvonini qoʻlga kiritadi[4]. U 2018-yil iyun oyida Alexander Alekhine xotirasiga bagʻishlab oʻtkazilgan shaxmat turniri Alekhine Memorialida oʻzining dastlabki grossmeyster (GM) darajasiga erishgan[1]. Sportchi oʻsha yilning sentabr oyida o‘tkazilgan shaxmat bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, xalqaro reytingini 2500 ballgacha oshirishga muvaffaq boʻladi.

2018-yil oktabr oyida u 1992-yildan beri har oy Vengriya poytaxi Budapesht shahrida oʻtkaziluvchi First Saturday turnirida uchinchi GM normasini qo‘lga kiritdi va o‘sha paytda tarixdagi ikkinchi eng yosh grossmeysterga aylandi[1][2]. Sportchiga ushbu unvon FIDE tomonidan 2019-yilning mart oyida rasman taqdim etilgan. U 2018-yilda Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida bronza medalni, 2019-yilda chempionlikni qoʻlga kiritgan[5].

Javohir Sindarov shaxmat bo‘yicha 2021-yilgi jahon chempionatiga yo‘llanmani qoʻlgan kiritgan. Ushbu turnirda 121-oʻrinni egallab, ikkinchi aylanada 8-pogʻonoda ketayotgan Alireza Firouzjani tay-brekda magʻlub etib, katta shov-shuvlarga sabab boʻldi. Biroq, toʻrtinchi aylanada Kacper Piorun tomonidan nokautga uchraydi va musobaqadagi ishtirokini 1/32 finaldayoq yakunlashga majbur boʻladi[6][7].

Natijalar jadvali

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Shahar Turnir + = Natija Oʻrin
2016 Pardubice "CZECH OPEN 2016 — A — GM open" 2 0 7 5½ / 9 [8]
2017 Toshkent "11th Tashkent Open, Agzamov Memorial (Group A)" 6 0 3 6 / 9 [9]
Toshkent "Zone 3.4 Men Championship 2017" 5 2 2 6 / 9 [10]
2018 Voronej Alekhine Memorial 5 1 3 6½ / 9 [11]
Kocaeli "FIDE World Junior Chess Championships 2018 — Open" 6 3 2 7 / 11 [12]
Budapesht "First Saturday GM October 2018" 6 1 2 7 / 9 [13]
  1. 1,0 1,1 1,2 Sindarov Likely Becomes 'New' 2nd-Youngest GM In History Chess.com
  2. 2,0 2,1 Sindarov: second youngest GM ever
  3. „44-shaxmat Olimpiadasi g'oliblarini mukofotlash“. president.uz (2022-yil 10-avgust). Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.
  4. 88th FIDE Congress 2017, 7-15 October, Goynuk, Antalya, Turkey FIDE
  5. „THE WEEK IN CHESS 1228 21st May 2018 by Mark Crowther“. 2019-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 17-mart.
  6. „FIDE World Cup 2.3: Sindarov knocks out Firouzja“ (en). chess24.com. Qaraldi: 2021-yil 18-iyul.
  7. „Tournament tree — FIDE World Cup 2021“. worldcup-results.fide.com. Qaraldi: 2021-yil 20-iyul.
  8. „1-я норма международного мастера“. 2021-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
  9. „2-я норма международного мастера“. 2021-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
  10. „3-я норма международного мастера“. 2021-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
  11. „1-я норма гроссмейстера“. 2021-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
  12. „2-я норма гроссмейстера“. 2021-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
  13. „3-я норма гроссмейстера“. 2021-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.