Snovsk
Snovsk (ukraincha: Сновськ [snɔu̯sʲk]) — Ukrainaning Chernigov viloyati Koryukovka tumanidagi shahar hisoblanadi. Aholisi: 10,825 kishini tashkel etadi. Unda Ukrainaning aholi punkitlaridan biri boʻlgan Snovsk urban aholi punkiti maʼmuriyati joylashgan[1]. Aholisi 2001 yilda 12315 kishi boʻlgan.
Nomi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Shahar oʻzi joylashgan Snov daryosi sharafiga nomlangan. Shahar 1935-yildan 2016-yilgacha Nikolay Shchors sharafiga Shchors deb nomlangan. 2016-yil 21-mayda Oliy Rada kommunistik nomlarni taqiqlovchi qonunga muvofiq Shchorsni Snovsk, Shchors tumanini Snovsk tumani deb o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qildi[2].
Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ikkinchi jahon urushi arafasida aholining taxminan 16% yahudiylar (1402 yahudiy) edi. Nemislar 1941-yil 3-sentabrda shaharni egallab olishdi. Ular yahudiy mahbuslarni gettoda ushlab turishgan va ularni turli xil majburiy mehnatga majburlaganlar. 1941-yil hamda 1942-yillarda ularning yuzlablari yaqin atrofdagi oʻrmonda Eynsatzgruppen tomonidan sodir etilgan ommaviy qatllarda oʻldirilgan[3].
2020-yil 18-iyulgacha Snovsk Snovsk tumanining maʼmuriy markazi boʻlgan (2016-yilgacha Shchors tumani). Ukrainaning maʼmuriy islohoti doirasida 2020-yil iyul oyida ushbu tuman tugatildi, bu esa Chernigov viloyatining tumanlari sonini beshtaga qisqartirdi. Snovsk tumani hududi Koryukovka tumaniga birlashtirildi. [4] [5]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Сновская городская громада“ (Russian). Портал об'єднаних громад України.
- ↑ „Про перейменування деяких населених пунктів“ (Ukrainian). Holos Ukrainy (21-may 2016-yil). Qaraldi: 23-dekabr 2020-yil.
- ↑ „Yahad - in Unum“.
- ↑ „Про утворення та ліквідацію районів. Постанова Верховної Ради України № 807-ІХ.“ (uk). Голос України (18-iyul 2020-yil). Qaraldi: 3-oktabr 2020-yil.
- ↑ „Нові райони: карти + склад“ (Ukrainian). Міністерство розвитку громад та територій України (17-iyul 2020-yil).
Tashqi havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Ikkinchi Jahon urushi paytida Shchors yahudiylarining oʻldirilishi, Yad Vashem veb-saytida.