Lutsk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Lutsk — Ukrainadagi shahar, Volin viloyati markazi. Stir daryosi (Pripyatning oʻng irmogʻi)ning ikkala sohilida joylashgan. Temir yoʻl stansiyasi, avtomobil yoʻllar tuguni. Pristan, aeroport bor. Aholisi 218 ming kishi (1997). Mashinasozlik va metallsozlik (avtomobil zavodi, podshipnik va boshqa ishlab chiqarish zavodlari), priborsozlik (priborsozlik va elektr apparatlari zavodlari), yengil (tikuvchilik va poyabzal f-kalari), oziq-ovqat (spirt-araq k-tlari, qand-shakar, un, meva-konserva zavodlari), kimyo sanoatlaririvojlangan. Ped. instituta, musiqali drama teatri, badiiy va oʻlkashunoslik muzeylari, filarmoniya va boshqa bor. Ilk bor 1085-yilda Ipatiy sol-nomasida tilga olingan. 14 a. dan Litva va Polsha, 1795—1917-yillarda Rossiya imperiyasi, 1921-yildan Polsha, 1939-yildan Ukraina tarkibida. 1970-yildan tarixiy-meʼmoriy qoʻriqxona deb eʼlon qilingan. Uning tarkibiga Yuqori (13—16-asrlar) va Quyi (14— 17-asrlar) saroylar qoldiqlari, "Puzina uyi" (14-asr), iyezuitlar kollegiumi, Pyotr va Pavel kostyoli (17-asr), Pokrov va Krestovozdvijenskaya cherkovlari (17-asr) kiradi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil