Vradiivka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vradiivka

Врадіївка
Shahar tipidagi aholi yashash punkti
Skyline of Vradiivka
Vradiivka
Bayroq
Vradiivka
Gerb
47°51′42″N 30°35′35″E / 47.86167°N 30.59306°E / 47.86167; 30.59306 G OKoordinatalari: 47°51′42″N 30°35′35″E / 47.86167°N 30.59306°E / 47.86167; 30.59306 G O
Aholisi
 (2021)
8 157
[[File:|290px|Vradiivka xaritada]]
Vradiivka
Vradiivka

Vradiivka (ukraincha: Врадіївка, ruscha: Врадиевка) — Ukrainaning Nikolay viloyati Pervomaysk tumanidagi shahar tipidagi aholi punkti. 1964-yilgacha aholi punkti Velyka Vradiivka deb atalgan. 2021-yil hisobiga ko`ra aholisining soni 8,157 nafarni tashkil qiladi. Vradiivka Janubiy Bug'un o'ng irmog'i Kodimaning o'ng qirg'og'idan o`ri olgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xassidik olim Arye Leib Schochet IXX-asrda Vradiivkada ravvin bo'ldi. 1920-yillarda tumanning hozirgi hududi Odessa gubernatorligiga tegishli bo`lgan. 1923-yilda Ukraina Sovet Sotsialistik Respublikasida aholi punkti tugatilib, gubernatorliklar okruglarga bo'lingan. 1923-yilda ma'muriy markazi Vradiivkada bo'lgan Velika Vradiivka tumani tashkil etildi. U Pervomaysk Okruhaga tegishli bo`lgan. 1925-yilda gubernatorliklar tugatilib, okruhalar bevosita Ukraina SSRga bo'ysundirildi. 1930-yilda okruhalar tugatildi va 1932-yil 27-fevralda Odessa viloyati tashkil etilgan. Velyka Vradiivka Odessa viloyati tarkibiga kiritildi[1]. 1954-yil fevral oyida Velyka Vradiivka tumani Nikolaev viloyatiga ko'chirildi. 1963-yil yanvar oyida Xrushchyovning muvaffaqiyatsiz ma'muriy islohoti paytida Velyka Vradiivka tumani tugatilib, Kryve Ozero tumaniga birlashtirildi. 1964-yilda Velyka Vradiivka Vradiivka deb o'zgartirildi. 1966-yil 8-dekabrda ilgari Kryve-Ozero tumaniga tegishli bo'lgan yerlarda ma'muriy markazi Vradiivka bo'lgan Vradiivka tumani tashkil etildi. 1967-yilda Vradiivkaga shahar tipidagi aholi punkti maqomi berilgan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Украиньска РСР - Адмiнiстративно-терiториальний подiл на 1 вересня 1946 року (ukraincha). Kiev: Ukrainian Soviet Encyclopedia, 1979. 
  2. „Районы Николаевской области“ (ruscha). Николаевская область. Электронная историческая энциклопедия. 12-yanvar 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-mart 2016-yil.