Staryi Sambir
Staryi Sambir Старий Самбір | |
---|---|
Shahar | |
![]() | |
49°26′0″N 23°0′0″E / 49.43333°N 23.00000°E G OKoordinatalari: 49°26′0″N 23°0′0″E / 49.43333°N 23.00000°E G O | |
Asos solingan | 1378 |
Aholisi (2021) |
6 518 |
Vaqt mintaqasi | UTCEET |
|
Stariy Sambir (ukraincha: Старий Самбір, polyakcha: Stary Sambor, Staremiasto, Stare Miasto) Gʻarbiy Ukrainadagi Lvov viloyatining Sambir tumanidagi shahar, Polsha bilan chegaraga yaqinjoylashgan. Stariy Sambirda Ukraina hromadalaridan biri boʻlgan Stariy Sambir shahar hromadasi maʼmuriyati joylashgan.[1] Uning aholisi taxminan 6,518 kishini tashkil qiladi.
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Shaharning aniq tashkil etilgan sanasi maʼlum emas. Polshada Sambor nomi bilan tanilgan Sambir birinchi marta 1378-yilda hujjatlarda qayd etilgan. Oʻsha paytda bu Polsha Qirolligining Ruteniya vodiysi, Przemysl erining bir qismi boʻlgan Gerburt oilasining shaxsiy shahri edi. 1501-yilda bu yerda Rim-katolik cherkovi ochildi, 1553-yilda Sambir shahar nizomini oldi. 1668-yilda bu yerda shahar hokimiyati binosi qurildi, XVIII asr boshida mahalliy cherkov qayta tiklandi. 1772-yilgacha (Polshaning boʻlinmalariga qarang) Sambir Ruteniya voevodeligining Przemysl oʻlkasiga tegishli edi. 1772-yildan 1918-yil oxirigacha Sambir Avstriya Galitsiyasiga tegishli edi. 1880-yilda uning aholisi 3482 kishi boʻlib, 1399 tasi yunon-katolik, 704 tasi rim katolik va 1377 tasi yahudiy hisoblanagan.
Polsha-Ukraina urushi paytida Sambir polyaklar tomonidan bosib olindi, uning shaharga egaligi Riga tinchligida tasdiqlangan. 1921-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, shaharda 4314 kishi, yahudiylar 1534 kishidan iborat edi. Ikkinchi Polsha Respublikasida u Lvoov voevodeligidagi okrugning qarorgohi edi (1932-yilgacha). 1939-yilgi Polsha bosqinidan soʻng shahar Sovet Ittifoqiga qoʻshildi. Uning yahudiy aholisi Xolokostda oʻldirilgan.
Taniqli odamlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Mikołaj Zyblikevich (1823—1887), polshalik siyosatchi va huquqshunos
- Mariya Yarema (1908—1958), polshalik rassom va haykaltarosh
Galereyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Stariy Sambir yaqinidagi Dnestr daryosi
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Старосамборская городская громада“ (ruscha). Портал об'єднаних громад України.