Chernigov viloyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chernigov viloyati (ukr. Чернігівська область) — Ukraina tarkibidagi viloyat. 1932-yil 7-oktabrda tashkil etilgan. Maydoni 31,9 ming km². Aholisi 1199,1 ming kishi (2004), asosan, ukrainlar, shuningdek, rus, belorus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 42%. 22 maʼmuriy tumanga boʻlingan, 15 shahar, 31 shaharcha bor. Yirik shaharlari: Chernigiv, Priluki, Nijin. Markazi — Chernigiv shahri

Chernigiv viloyati Dneprning chap irmogʻi — Desna daryosi havzasida joylashgan. Yer yuzasi tekislik, shimoli-sharqdan janubi-gʻarbga tomon qiya. Iklimi moʻʼtadil kontinental. Yozi iliq. Yanvarning urtacha temperaturasi –6°, –8°; iyulniki 19–20°. Yiliga 500–600 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 190–200 kun. Asosiy daryosi – Desna. Mayda kul kup. Shimoliy qismida chimli podzol, qumli, qumloq, janubida qoratuproq tuproklar keng tarqalgan. Viloyat xududining 1/5 kismi oʻrmon (qaragʻay, grab, dub, juka). Oʻrmon va urmonli dasht hayvonlari uchraydi.

Viloyatda bir kancha neft konlari ochilishi natijasida neft, neftni qayta ishlash sanoati tarmoklari vujudga keldi. Chernigiv viloyati torf zaxiralari boʻyicha mamlakatda oldingi oʻrinlardan birini egallaydi. Temirruda, fosforit, mergel konlari bor.

Yengil sanoat yetakchi oʻrinda. Toʻqimachilik, trikotaj, tikuvchilik korxonalarining salmogʻi katta. Mashinasozlik va metallsozlikda qishloq xoʻjaligi mashinalari, yongʻinga qarshi asbobuskunalar, avtomobil ehtiyot qismlari ishlab chiqarish tajribaeksperimental, maxsus qirqish asboblari, taʼmirlash zavodlari ishlab turibdi. Kime va neft kimyosi sanoatlari ("Ximvolokno" ishlab chiqarish birlashmasi, plastmassa, lok va boʻyoq korxonalari) vujudga kelgan. Mebel, musiqa asboblari (pianino) ishlab chiqarish korxonalari, texnik qogʻoz fabrikasi bor. Yigʻma temirbeton konstruksiyalar, tunuka materiallar, gʻisht ishlab chiqariladi. Goʻsht, moysir, sut, shakarqand, pivo, kraxmalqiyom zavodlari faoliyat koʻrsatadi. Sabzavotni qayta ishlash rivojlangan.

Viloyat qishloq xoʻjaligi kartoshka, don, qand lavlagi, uzun tolali zigʻir, sabzavot yetishtirish va sutgoʻsht chorvachiligiga ixtisoslashgan. Chernigiv viloyatida foydalaniladigan yerlar viloyat hududining 70% ga yakinini tashkil etadi. Don, kartoshka, texnika va ozuqa ekinlari ekiladi. Yaylov va pichanzorlar 30%ga yaqin maydonni egallaydi.

Jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida qoramol, choʻchqa, qoʻy va echki boqiladi. Chernigiv viloyati uzunligi 900 km ga yakin. Qattiq qoplamali avtomobil yoʻllari uzunligi 4 ming km chamasida. Dnepr va Desna daryolarida kema qatnaydi. Havo yoʻli rivojlangan. 2 pedagogika institut, 8 muzey, tarixiymeʼmoriy muzeyqoʻriqxona, 2 teatr bor.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Chernigov viloyati" OʻzME. Ch-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil