Izmail

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Izmail — Ukrainaning Odessa viloyatidagi shahar. Dunay daryosi tarmogʻining chap sohilida. Qora dengizdan 80 km. Dengiz kemalari kira oladigan port. T. y. stansiyasi. Aholisi 95,1 ming kishi (1990-y.lar oʻrtalari). 12-asrda I. oʻrnida genuyaliklar qalʼasi boʻlgan. Keyinchalik u Moldova knyazligiga qaragan. 16-asrda turklarga tobe edi. 1569 y. Turkiya sultoni I. ga nugʻoylarni joylashtirgan. 1770—1918 y.larda shahar vaqt-vaqti bilan Turkiya va Rossiyaga karagan. I.ni 1918 y. Ruminiya egalladi, Ikkinchi jahon urushi davrida I.ni nemis-rumin qushinlari bosib oldi. 1944 y. 26 avg .da ozod kilingan.

I.da oziq-ovqat sanoati (sabzavot konserva, goʻsht k-tlari, baliq, sut, uzum vinosi zavodlari) rivojlangan. Sellyuloza-karton k-ti, kema tuzatish, kema tuzatish-mexanika zavodlari, ped. instituti, suratlar galereyasi, A. V. Suvorov muzeyi bor. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil