Pripyat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Pripyat
Pripyat near Mozyr.jpg
Tavsif
Uzunligi 775 va 748 km
Suv sarfi 460 m³/s
Joylashuvi
Pripiat (rivière).png
Davlat Belarus va Ukraina
Vikiomborda "{{{Nomi}}}" nomli sahifa mavjud


Pripyat (belaruscha: Прыпяць, ukraincha: Прип’ять) — Belarus va Ukrainadagi daryo. Dneprning oʻng irmogʻi (Kiyev suv omboriga quyiladi). Uz. 775 km, havzasining maydoni 114,3 ming km². Daryoning koʻp qismi Polesye pasttekisligidan oqib oʻtadi. Dek.da muzlab, martda muzdan boʻshaydi. Asosiy irmoqlari: oʻngdan — Stoxod, Stir, Gorin, Ubort, Uj, chapdan — Yaselda, Lan, Sluch, Ptich. Oʻrtacha suv sarfi quyilish joyida 460 m³/sek. Quyilish jo-yidan 500 km da kema qatnaydi. Yogʻoch oqiziladi. Baliq ovlanadi. Pripyat boʻyida Pinsk, Petrikov, Mozir, Narovlya, Chernobil shaharlari joylashgan. Pripyat Dnepr—Bug kanali orqali Bug daryosi bilan va Dnepr — Neman kanali orqali esa (Shchara daryosi orqali) Neman daryosi bilan bogʻlangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil