Sherzodbek Abduraimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sherzod Abduraimov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Sherzod Abduraimov
Tavallud sanasi 9-may 1995-yil (1995-05-09) (28 yosh)
Tavallud joyi Quva tumani, Fargʻona
Boʻyi 185 cm (6 ft 1 in)
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Shoʻrtan
Raqami 35
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2008—2014 Mashʼal
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014—2018 Mashʼal
2015 Sementchi
2015 Mashʼal-2
2016 Zomin
2017 Surxon
2017—2018 Norin
2019—2020 Neftchi 17+ (0)
2021 FC Kaganat 27 (0)
2022 Alay 14 (0)
2023— Shoʻrtan 22 (0)
Milliy terma jamoa
2013—2015 Oʻzbekiston U20 4 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Sherzod Abduraimov (ruscha: Абдураимов Шерзодбек; 1995-yil 9-may, Quva tumani[1]) — oʻzbekistonlik futbolchi, Gʻuzorning „Shoʻrtan“ klubida darvozabon pozitsiyasida oʻynaydi.

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sherzod futboldagi dastlabki bilimlarini Muborakdagi Mashʼal akademiyasida olgan. 2014-yildan Mashʼal klubi asosiy jamoasiga jalb etilgan. 2015-yilda klubdagi raqobat sababli dastlab Quvasoyning „Sementchi[2][3], Zomining „Zomin“ keyinchlik Haqqulobodning „Norin“ jamoalarida ijarada oʻynagan[4][5]. 2018-yilgi avvalida „Mashʼal“ klubi tarkibiga qaytgan.

2019-yilgi mavsum avvalida Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. Ikki mavsum davomida „Neftchi“ jamoasi tarkibida oʻynagan. 2021-yilgi mavsum oldidan „Neftchi“ jamoasini tark etgan va Qirgʻizistonning „Kaganat“ klubi tarkibiga oʻtgan. 2022-yilgi mavsum Oʻshning „Alay“ klubi bilan shartnoma imzolagan[6]. 2023-yilgi mavsum odldian Oʻzbekistonga qaytdi va Gʻuzorning „Shoʻrtan“ klubi bilan shartnoma imzolagan. 2024-yil 8-aprelda Shoʻrtan jamoasi Sherzod bilan shartnomani bekor qilgan[7].

Baxsli vaziyatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yilgi mavsum Oʻzbekiston Pro ligasi soʻngi turida, Fargʻonadagi Istiqlol stadionida „Neftchi“ va „Turon“ jamoalari oʻynagan. Oʻyin yaklunida Yaypan jamoasi oʻyindagi yagona golni kiritib Oʻzbekiston Superligasi yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan[8]. Oʻyin yakunlaganidan soʻng bir qancha „Neftchi“ futbolchilari va Sherzod oʻzining oʻyindagi xolatlar boʻyicha eʼtirozlarini tajavuzkor harkatlar bilan bildirib, Bosh hakam Shavkat Nasibullayevga jismoniy hujum qilishgan[9]. Natijada OʻFA oʻyinda tartib buzilishida qatnashgan Sherzod Abduraimov bir yil muddatga futbolning har qanday faoliyatidan chetlatilgan[10]. Keyinchalik jazo chorasi yumshatilib Oʻzbekistondan tashqarida, xorij mamlakatlarida faoliyat yuritishga ruhsat berilgan[11].

2024-yil 3-aprelda Muborakda Mashʼal va Shoʻrtan jamoalari oʻyinida, oʻz darvozasidan ikkinchi gol oʻtkazib yuborgach raqib futbolchisi Ibrohim Gʻanixonov gol nishonlayotgan vaqtida unga bosh bilan zarba berib maydondan chetlatilgan[12][13][14].

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Oʻzbekiston Pro ligasi goʻlibi: 2017
  • Oʻzbekiston Pro ligasi ikkinchi oʻrin: 2020[15]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Шерзод Абдураимов: “Муҳими – вазифани бажардик”“ (2013-yil 19-oktyabr).
  2. „Шерзод Абдураимов “Цементчи”да“ (2015-yil 28-yanvar).
  3. „“Цементчи”: Абдураимов кетди. Унинг ўрнига Турдалиев“ (2015-yil 15-avgust).
  4. „Абдураимов “Машъал”да“ (2018-yil 18-iyul).
  5. „Биринчи лига. "Сурхон" таркибидаги ўзгаришлар ҳақида“ (2017-yil 10-avgust).
  6. „"Нефтчи" собиқ дарвозабони: "Ҳар қандай шароитда футбол ўйнашни ўргандим"“ (2022-yil 11-noyabr).
  7. „Кутилмаганда "Шўртан" Шерали Жўраев ва яна бир футболчи билан шартномани бекор қилди“ (2024-yil 8-aprel).
  8. „Про лига. "Турон" Суперлигада!“ (2020-yil 1-dekabr).
  9. „ЎФА “Нефтчи” – “Турон” учрашуви бўйича баёнот берди“ (2020-yil 2-dekabr).
  10. „“Нефтчи” – “Турон” учрашувидаги ҳолат бўйича ЎФA Тартиб-интизом қўмитаси қарори: беш футболчи ва "Нефтчи" жиддий жазоланди“ (2020-yil 9-dekabr).
  11. „"Нефтчи" - "Турон" ўйинидан сўнг четлатилган футболчиларнинг кейинги тақдири нима бўлди? Шерзод Абдураимов: "Дисквалификация бизни тарбиялади"“ (2021-yil 23-dekabr).
  12. „Кеча "Машъал" футболчисининг бурнини синдирган "Шўртан" дарвозабонининг кейинги тақдири маълум“ (2024-yil 4-aprel).
  13. „«Шўртан» дарвозабонидан зарба қабул қилиб олган «Машъал» футболчиси махсус ҳимоя воситасида машғулот олиб бормоқда“ (2024-yil 8-aprel).
  14. „Sho‘rtan darvozaboni Sherzod Abduraimovning litsenziyasi qaytarib olinib, uning harakati O‘FA qo‘mitasiga oshirildi“ (2024-yil 4-aprel).
  15. „Sherzodbek Abduraimov - TROPHIES“.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]