Konstantin Chernenko
Konstantin Chernenko | |
---|---|
Chernenko 1984-yilda | |
Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi markaziy qoʻmitasi bosh kotibi | |
Mansab davri 1984-yil 13-fevral – 1985-yil 10-mart | |
Oʻtmishdoshi | Yuriy Andropov |
Vorisi | Mixail Gorbachyov |
Oliy Kengash Prezidiumining raisi | |
Mansab davri 1984-yil 11-aprel – 1985-yil 10-mart | |
Oʻtmishdoshi |
Yuriy Andropov Vasiliy Kuznetsov (v.b.) |
Vorisi | Andrey Gromiko |
Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi ikkinchi kotibi | |
Mansab davri 1982-yil 10-noyabr – 1984-yil 9-fevral | |
Oʻtmishdoshi | Yuriy Andropov |
Vorisi | Mixail Gorbachyov de facto |
Mansab davri 1982-yil 25-yanvar – 1984-yil 24-may | |
Oʻtmishdoshi | Mixail Suslov |
Vorisi | Yuriy Andropov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
Konstantin Ustinovich Chernenko 24-sentyabr 1911-yil Bolshaya Tes, Yeniseysk gubernatorligi, Rossiya imperiyasi |
Vafoti |
10-mart 1985-yil (73 yoshda) Moskva, RSFSR, Sovet Ittifoqi |
Siyosiy partiyasi | Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi (1931—1985) |
Turmush oʻrtogʻi |
Faina Vassilyevna Chernenko Anna Dmitrievna Lyubimova (turm. 1944) |
Bolalari | 4 nafar, jumladan Albert |
Mukofotlari | |
Dafn etilgan joyi | Kreml devori qabristoni, Moskva |
Imzosi | |
Mansubligi | Sovet Ittifoqi |
Qoʻshin turi | Sovet Qurolli kuchlari |
Xizmat yillari | 1930—1933 |
Markaziy muassasaga aʼzolik
Boshqa siyosiy lavozimlar
|
Konstantin Ustinovich Chernenko[izoh 1] (1911-yil 24-sentyabr — 1985-yil 10-mart)[2] — sovet siyosatchisi, Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasining yettinchi bosh kotibi. 1984-yil 13-fevraldan 1985-yil 10-mart, vafotigacha qisqa muddat Sovet Ittifoqini boshqargan.
Sibirlik kambagʻal oilada tugʻilgan Chernenko 1929-yilda Komsomolga oʻtib, 1931-yilda partiyaning haqiqiy a’zosi boʻldi. Bir qator tashviqot ishlarini olib borgach, 1948-yilda Moldaviyada Leonid Brejnev qoʻl ostida tashviqot boʻlimi boshligʻi boʻldi. 1964-yilda Brejnev KPSS Birinchi kotibi lavozimini egallaganidan soʻng Chernenko Siyosiy byuroning kun tartibini belgilash va Markaziy qoʻmitaning qarorlari loyihalarini ishlab chiqish uchun masʼul boʻlgan Markaziy qoʻmita Bosh boʻlimiga rahbarlik qildi. 1971-yilda Chernenko Markaziy qoʻmita, 1978-yilda esa Siyosiy byuroning toʻlaqonli aʼzosi boʻldi.
Brejnev va vorisi Yuriy Andropov vafotidan keyin 1984-yil fevral oyida Chernenko Bosh kotib, 1984-yil aprel oyida esa Oliy Kengash Prezidiumi raisi etib saylandi. Sogʻligʻi tez yomonlashgani sababli oʻz xizmat vazifalarini koʻp bajara olmadi. 1985-yilning mart oyida, mamlakatni atigi 13 oy boshqarganidan soʻng vafot etib, oʻrniga Mixail Gorbachyov Bosh kotib etib tayinlandi.
Yoshligi va siyosiy karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kelib chiqishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Chernenko 1911-yil 24-sentyabrda Sibirning Bolshaya Tes qishlogʻida (hozirgi Krasnoyarsk oʻlkasi, Novosyolovskiy tumani) kambagʻal oilada tugʻilgan[3].
Chernenko 1929-yilda Komsomolga (Kommunistik Yoshlar Ittifoqi) qoʻshildi. 1931-yilda hukmron Kommunistik partiyaning toʻlaqonli aʼzosi boʻldi. 1930—1933-yillarda Sovet-Xitoy chegarasida sovet chegara qismida xizmat qilgan. Harbiy xizmatdan soʻng targʻibotchi boʻlib Krasnoyarskka qaytdi. 1933-yilda Novoyolovskiy tuman partiya qoʻmitasi targʻibot boʻlimida ishlagan. Bir necha yil oʻtgach, Uyarsk raykomida xuddi shu boʻlim boshligʻi lavozimiga koʻtarildi.
Chernenko 1939-yilda Krasnoyarsk oʻlka qoʻmitasining Agitprop boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari etib tayinlanishiga qadar Krasnoyarsk partiya maʼrifat uyi direktori boʻlib, doimiy ravishda partiya saflarida koʻtarilib bordi. 1940-yillar boshlarida Fyodor Kulakov bilan yaqin munosabatda boʻlib, hududiy partiya qoʻmitasining tashviqot boʻyicha kotibi etib tayinlanadi[4]. 1945-yilda Moskvadagi partiya tayyorlash maktabi diplomini oldi, 1953-yilda maktab oʻqituvchilari uchun sirtqi kursni tugatdi.
Sovet rahbariyatiga koʻtarilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1948-yilda Moldaviya Sovet Sotsialistik Respublikasida Kommunistik partiyaning tashviqot boʻlimiga rahbarlik qilishi Chernenko faoliyatidagi burilish nuqtasi boʻldi. U yerda 1950—1952-yillarda Kommunistik partiya Moldaviya boʻlimi birinchi kotibi, Sovet Ittifoqining boʻlajak rahbari Leonid Brejnev bilan uchrashib, uning ishonchini qozondi. Chernenko 1956-yilda Brejnevga ergashib, Moskvada KPSS Markaziy qoʻmitasida xuddi shunday tashviqotchi lavozimini egalladi. 1960-yilda Brejnev Oliy Kengash Prezidiumi raisi (Sovet Ittifoqi davlatining titulli rahbari) etib tayinlanganidan keyin Chernenko uning apparati boshligʻi boʻldi.
1964-yilda Sovet rahbari Nikita Xrushchyov isteʼfoga chiqarilib, oʻrniga Brejnev keldi. Brejnev partiya rahbari boʻlgan davrda Chernenkoning faoliyati muvaffaqiyatli davom etdi. 1965-yilda Markaziy qoʻmita Bosh boʻlimi mudiri lavozimiga koʻtarilib, unga Siyosiy byuroning kun tartibini belgilash, Markaziy qoʻmitaning koʻplab farmonlari va qarorlari loyihalarini tayyorlash vakolati berildi. Shuningdek, yuqori partiya aʼzolarining turli idoralarida telefon qoʻngʻiroqlarini tinglash ishlari va yashirin tinglash qurilmalarini nazorat qilardi. Yana bir ishi har kuni yuzlab partiya hujjatlarini imzolash edi. Mazkur ish uning keyingi 20 yil davomida bajargan ish boʻlib qoldi. Partiya Bosh kotibi boʻlganidan keyin ham Bosh boʻlimga qaraydigan hujjatlarga imzo chekishni davom ettirdi (hujjatlarni jismonan imzolay olmaganida, faksimile ishlatilgan).
1971-yilda Chernenko Markaziy qoʻmitaning toʻlaqonli aʼzoligiga koʻtarildi. Uning vazifalariga xatlar byurosi ustidan partiya ishlarini nazorat qilish, yozishmalar bilan shugʻullanish kabilar kirar edi. 1976-yilda Xatlar byurosi kotibi etib saylandi. 1977-yilda Siyosiy byuroga nomzod boʻlib, 1978-yilda toʻlaqonli aʼzo boʻlgach, partiya ierarxiyasida Bosh kotibdan keyin ikkinchi oʻringa koʻtarildi.
Brejnevning soʻnggi yillarida Chernenko mafkuraviy partiya ishiga toʻliq shoʻngʻib ketdi. Xorijdagi sovet delegatsiyalariga rahbarlik qildi, muhim yigʻilish va konferensiyalarda Brejnev bilan birga boʻldi, 1977-yilda Sovet Konstitutsiyasini qayta koʻrib chiqqan komissiya a’zosi sifatida ishladi. 1979-yilda qurollarni cheklash boʻyicha Vena muzokaralarida qatnashdi.
1982-yil noyabr oyida Brejnev vafotidan soʻng Bosh kotib lavozimini Chernenko egallaydi, degan taxminlar bor edi. Biroq u partiya ichida oʻz nomzodini qoʻllab-quvvatlay olmadi. Oxir-oqibat, Brejnevning sogʻligʻi yomonlashganida mavqeini mustahkamlab olgan KGB rahbari Yuriy Andropov bu lavozimni egalladi.
Sovet Ittifoqi yetakchisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yuriy Andropov 1984-yil 9-fevral kuni 69 yoshida Moskva markaziy klinik kasalxonasida buyrak yetishmovchiligi tufayli vafot etdi. Garchi Andropov oʻz oʻrnini Mixail Gorbachev egallashini xohlaganiga qaramay, Chernenko bu lavozimga saylandi. Bundan tashqari, Chernenkoning oʻzi ham ogʻir kasal edi[5].
Chernenko mamlakatning eng yuqori lavozimiga koʻtarilgan paytda, birinchi navbatda, Siyosiy byuroning „eski gvardiya“siga Sovet rahbariyatining keyingi avlodidan maqbul nomzod tanlash uchun vaqt bergan oʻtish davri rahbari sifatida eʼtirof etilgan. Chernenko vaqtinchalik mudofaa vaziri Dmitriy Ustinov va tashqi ishlar vaziri Andrey Gromiko bilan hokimiyatni boʻlishib, triumviratning bir qismi sifatida mamlakatni boshqarishga majbur boʻldi[6]. Bu holat tobora kuchayib borayotgan muammoga aylandi. Chunki Chernenko kasalligi tufayli tez-tez yigʻilishlarni oʻtkazib yuborishga majbur edi.
Andropovning dafn marosimida Chernenko maqtov nutqini zoʻrgʻa oʻqiydi[7]. Yigʻilganlar u aytmoqchi boʻlgan gap maʼnosini tushunishga harakat qilishdi. Tez gapirdi, soʻzlarni yutib yubordi, yoʻtalib qoldi va lablarini namlab, peshonasini artish uchun qayta-qayta toʻxtaldi. Yangi oʻrnatilgan eskalator orqali Lenin maqbarasiga koʻtarilib, ikki tansoqchi yordamida pastga tushdi[8].
Chernenko davri Brejnev davri oxirlari siyosatiga qaytishni ifodaladi. Shunga qaramay, kasaba uyushmalarining rolini oshirish, taʼlim va targʻibot sohasidagi islohotlarni qoʻllab-quvvatladi. Chernenko amalga oshirgan asosiy kadr oʻzgarishlaridan biri Bosh shtab boshligʻi, marshal Nikolay Ogarkovning ishdan olinishi edi. Ogarkov oʻrnini marshal Sergey Axromeyev egalladi.
Tashqi siyosatda Xitoy bilan savdo bitimi boʻyicha muzokaralar olib bordi. Chernenko detantni qayta tiklash haqidagi chaqiriqlarga qaramay, Amerika Qoʻshma Shtatlari bilan Sovuq urushning kuchayishiga yoʻl qoʻymaslik uchun kam harakat qildi. Masalan, 1984-yilda Sovet Ittifoqi Sharqiy Germaniya rahbari Erich Honeckerning Gʻarbiy Germaniyaga tashrifiga toʻsqinlik qildi. Biroq, 1984-yil kuz oxirida AQSh va Sovet Ittifoqi 1985-yil boshida qurol nazorati boʻyicha muzokaralarni qayta boshlashga kelishib oldilar. 1984-yil noyabr oyida Chernenko Buyuk Britaniyaning Leyboristlar partiyasi rahbari Neil Kinnock bilan uchrashdi[9].
1980-yilda Qoʻshma Shtatlar Sovet qoʻshinlarining Afgʻonistonga bostirib kirishiga norozilik sifatida Moskvada boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiya oʻyinlariga xalqaro boykot eʼlon qildi. Keyingi 1984-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlari Kaliforniyaning Los-Anjeles shahrida oʻtkazilishi kerak edi. 1984-yil 8-mayda Chernenko boshchiligidagi SSSR „xavfsizlik tashvishlari, shovinistik kayfiyat va Amerika Qoʻshma Shtatlarida antisovet isterika avj olayotganini“ daʼvosi bilan oʻyinlarda qatnashmaslik niyatini eʼlon qildi[10]. Boykotga Sharqiy blokning 14 yoʻldoshi va ittifoqchilari, jumladan Kuba (Ruminiyadan tashqari) qoʻshildi. Bu aksiya AQShning Moskvadagi oʻyinlarni boykot qilgani uchun qasos sifatida baholandi. Boykot qilgan mamlakatlar 1984-yil yozida oʻzlarining „Doʻstlik oʻyinlari“ni tashkil qilishdi[11].
Oʻlimidan oldin Chernenko 1985-yil 9-mayda Gʻalabaning 40 yilligi paradi kuni Volgograd shahrini Stalingrad deb oʻzgartirish toʻgʻrisidagi dastlabki hujjatlarni imzoladi. Stalinning qizi Svetlana Alliluyevaga yozgan maktubida „I.V.Stalinning xotirasi va merosiga nisbatan adolatning tiklanishi“ haqida yozgani Stalinning siyosiy reabilitatsiyasiga ishora qilgan[12].
Sogʻligʻi bilan muammolar, oʻlimi va merosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Chernenko toʻqqiz yoshida chekishni boshlagan[13] va har doim ashaddiy chekuvchi ekanligi maʼlum boʻlgan[14]. Bosh kotib etib saylanishidan ancha oldin unda amfizema va oʻng tomon yurak yetishmovchiligi kasalliklari rivojlangan. 1983-yilda bronxit, plevrit va pnevmoniya tufayli uch oy davomida oʻz vazifalarini bajarmagan. Tarixchi Jon Lyuis Gaddis 1984-yilda Andropovning oʻrnini egallaganida Chernenkoni „razvedka maʼlumotlarini baholay olmaydigan darajada zombiga oʻxshash zaif keksa odam“" deb taʼriflagan[15].
1984-yil boshida Chernenko bir oydan koʻproq vaqt davomida kasalxonada boʻldi, lekin Siyosiy byuroga buyruqlar va xatlar yuborib, ishini davom ettirdi. Yozda shifokorlari Kislovodskka mineral kurortlarga yuborishdi, ammo kurortga kelgan kuniyoq Chernenkoning salomatligi yomonlashib, pnevmoniyaga chalingan edi. Chernenko 1984-yil oxiriga qadar Kremlga qaytmadi. Kabinetida kosmonavtlar va yozuvchilarni ordenlar bilan taqdirlagan, ammo yoʻlaklarda yura olmay, nogironlar aravachasida olib yurilgan.
1984-yil oxirida Chernenko Moskva gʻarbidagi qattiq qoʻriqlanadigan markaziy klinik kasalxonadan zoʻrgʻa chiqdi. Andropovning oʻlimi arafasida Chernenko imzosi bilan qilganidek, Siyosiy byuro barcha maktublarga Chernenkoning imzosi faksimilini yopishtirib chiqdi. Chernenkoning kasalligi birinchi marta 1985-yil 22-fevralda Moskva shimoli-sharqidagi Kuybishev tumanida boʻlib oʻtgan televideniye saylov mitingida ommaviy ravishda tan olingan. Oʻshanda Bosh kotib Rossiya SFSR Oliy Kengashi deputatligiga nomzod boʻlgan, Siyosiy byuro aʼzosi Viktor Grishin Bosh kotibning shifokor tavsiyasiga koʻra yoʻqligini maʼlum qilgan edi[16]. Ikki kundan soʻng televizorda xalqni larzaga solgan tasvirlar namoyish etildi[17]. Grishin ogʻir kasal boʻlgan Chernenkoni kasalxona yotogʻidan olib chiqib, ovoz berish uchun saylov qutisi oldiga olib bordi. 1985-yil 28-fevralda Chernenko parlament ishonch yorliqlarini qabul qilish uchun yana bir bor televideniyeda koʻrinish berib, oʻzining saylovdagi gʻalabasi haqida qisqacha bayonotni oʻqib eshittirdi: „Saylov kampaniyasi tugadi, endi saylovchilar oldimizga qoʻygan va kommunistlar ochiq gapirgan vazifalarni bajarish vaqti keldi“[16].
1985-yil fevral oyining soʻnggi uch haftasida Chernenko uchun amfizem va u bilan bogʻliq oʻpka hamda yurak shikastlanishi sezilarli darajada yomonlashdi. Kreml bosh shifokori Yevgeniy I. Chazovning aytishicha, Chernenko ham surunkali gepatit, ham jigar sirroziga chalingan[10]. 10-mart kuni soat 15:00da Chernenko komaga tushib, kechqurun 19:20da 73 yoshida vafot etdi. Otopsiya oʻlim sababi surunkali amfizem, kattalashgan va shikastlangan yurak, konjestif yurak yetishmovchiligi va jigar sirrozining kombinatsiyasi ekanligini aniqladi. Mamlakatda uch kunlik motam eʼlon qilindi[18][19]. Hindiston[20], Iroq[20], Suriya[21] va Nikaraguada[22] uch kunlik, Pokistonda ikki kunlik[23], Sharqiy Germaniya[24] va Chexoslovakiyada[25] bir kunlik motam e’lon qilindi.
Chernenko uch yildan kamroq vaqt ichida vafot etgan uchinchi Sovet rahbari boʻldi. Yarim tunda AQSh prezidenti Ronald Reygan oʻlim haqida xabardor boʻlgach, „Agar ruslar men uchun oʻlishda davom etsalar, men qanday qilib ular bilan birga boʻlishim kerak?“, degan edi[26].
Chernenko uchun dabdabali dafn marosimi oʻtkazilib, Kreml devori qabristonida, Lenin maqbarasi va Kreml devori oʻrtasida joylashgan oʻn ikkita alohida qabrlardan biriga dafn qilindi. Chernenko bu yerda dafn etilan soʻnggi odam edi.
Chernenkoning taʼsiri qay darajada ekanligi Sovet matbuotida oʻlimi haqida xabar berish usulida yaqqol namoyon boʻldi. Sovet gazetalari oʻsha kuni Chernenkoning oʻlimi va Gorbachyovning tayinlangani haqidagi xabarlarni bir vaqtda chop etdi. Gazetalar bir xil formatda edi: 1-betda partiya Markaziy qoʻmitasining 11-martdagi majlisida Mixail Gorbachyov saylangani haqida xabar berilgan, yangi rahbarning tarjimai holi va uning katta surati chop etilgan. 2-betda Chernenkoning vafoti haqida eʼlon qilinib, nekrologi chop etildi.
Sovet rahbari vafotidan keyin oʻrinbosarlari uning seyfini ochishi odat tusiga kirgan edi. Gorbachyov Chernenkoning seyfini ochganida, uning ichida shaxsiy hujjatlar solingan kichik papka va bir qancha katta pullar borligi aniqlandi. Chernenkoning stolidan koʻproq pul topildi. U pulni qayerdan olgani va nimaga ishlatmoqchi boʻlgani nomaʼlum[27].
Faxriy unvonlari va mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Sotsialistik Mehnat Qahramoni uch marta (1976, 1981, 1984)
- Lenin ordeni toʻrt marta (1971, 1976, 1981, 1984)
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni uch marta (1949, 1957, 1965)
- 1941—1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida jasoratli mehnati uchun medali (1945)
- „Vladimir Ilich Lenin tugʻilganining 100 yilligi xotirasi“ yubiley medali (1969)
- „1941—1945-yillardagi Ulugʻ vatan urushida qozonilgan gʻalabaning 30 yilligi“ yubiley medali (1975)
- „SSSR Qurolli Kuchlarining 60 yilligi“ yubiley medali (1978)
- Lenin mukofoti (1982)
- SSSR Davlat mukofoti (1982)
- Karl Marks ordeni (Sharqiy Germaniya)
- Georgiy Dimitrov ordeni (Bolgariya)
- Klement Gottwald ordeni (Chexoslovakiya)
- Sukhbaatar ordeni (Mongoliya)
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Chernenko birinchi xotini Faina Vasilyevna Chernenkodan Albert ismli oʻgʻil koʻrgan. 1944-yilda turmush qurgan ikkinchi rafiqasi Anna Dmitrevna Lyubimovadan Yelena va Vera ismli ikki qiz va Vladimir ismli oʻgʻil koʻrdi. 2015-yilda nashr etilgan arxiv hujjatlariga koʻra Chernenkoning yana koʻplab xotinlari va koʻplab bolalari boʻlgan. Bu holat, ehtimol, 1940-yillarda Chernenkoning martaba oʻsishi sekinlashishiga sabab boʻlgan[28].
Izohlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ /tʃɜːrˈnɛŋkoʊ/ cher-NENK-oh;[1] ruscha: Константин Устинович Черненко
ukraincha: Костянтин Устинович Черненко
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ "Chernenko". Collins English Dictionary.
- ↑ Jessup, John E.. Profile of Konstantin Chernenko, 1998. ISBN 9780313281129.
- ↑ Jessup, John E.. An Encyclopedic Dictionary of Conflict and Conflict Resolution, 1945-1996. Westport, CT: Greenwood Press, 1998 — 121-bet. Qaraldi: 2017-yil 2-sentyabr. (Wayback Machine saytida 2017-10-10 sanasida arxivlangan)Andoza:ISBN?
- ↑ Hough, Jerry F.. Democratization and revolution in the USSR, 1985–1991. Brookings Institution Press, 1997 — 67-bet. ISBN 0-8157-3748-3.
- ↑ de Lama, George. „CHERNENKO TERMINALLY ILL: U.S.“. Chicago Tribune (1985-yil 16-fevral). Qaraldi: 2021-yil 2-noyabr.
- ↑ Saxon, Wolfgang Succession In Moscow: Siberian Peasant Who Won Power; Konstantin Chernenko, A Brezhnev Protege, Led Brief Regime. The New York Times, New York, 1984-03-12
- ↑ „Briton Thinks Chernenko Is Ill Washington Post Foreign Service“. 2017-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ A shell of a man, propelled by anger and pride, Times of London, June 6, 2009
- ↑ „SUCCESSION IN MOSCOW: A PRIVATE LIFE, AND A MEDICAL CASE; Briton Is Optimistic on Gorbachev Views“ (en). The New York Times (1985). Qaraldi: 2018-yil 5-iyun.
- ↑ 10,0 10,1 Altman, Lawrence K., "Succession in Moscow: A Private Life, and a Medical Case; Autopsy Discloses Several Diseases", New York Times, 25 March 1985.
- ↑ Robert Simon Edelman, "The Russians are not coming! The Soviet withdrawal from the games of the XXIII Olympiad." International Journal of the History of Sport 32.1 (2015): 9-36.
- ↑ „Реабилитация Сталина и другие вещи, которые хотел слелать Черненко | Русская Семёрка“ (2020-yil 22-iyul).
- ↑ Post, Jerrold M.. Leaders and Their Followers in a Dangerous World: The Psychology of Political Behavior, Psychoanalysis & Social Theory. Ithaca: Cornell University Press, 2004 — 87-bet. ISBN 0-8014-4169-2.
- ↑ Burns, John F.. „World Attention Turns To Chernenko's Health“. The New York Times (1984-yil 16-fevral).
- ↑ The Cold War: A New History. Penguin Press, 2005 — 228-bet. ISBN 978-1594200625.
- ↑ 16,0 16,1 Mydans, Seth. „A Halting Chernenko is on TV Again“. The New York Times (1985-yil 1-mart). Qaraldi: 2012-yil 15-sentyabr.
- ↑ Dmitri Volkogonov. (1998), Autopsy for an Empire: The Seven Leaders Who Built the Soviet Regime. (page 72). ISBN 0684834200
- ↑ Doder, Dusko. „Gorbachev Becomes Soviet Leader Hours After Chernenko Dies at 73“ (1985-yil 12-mart). Qaraldi: 2022-yil 26-may.
- ↑ „Gorbachev Chosen“. Chicago Tribune (1985-yil 12-mart).
- ↑ 20,0 20,1 „East, West Leaders Mourn Chernenko's Death“. Los Angeles Times (1985-yil 12-mart).
- ↑ Karsh, Efraim „Gorbachev and the Syrians“, . Soviet Policy towards Syria since 1970, 1991 — 163–177-bet. DOI:10.1007/978-1-349-11482-5_11. ISBN 978-1-349-11484-9.
- ↑ Rohter, Larry. „Sandinista Government Viewed as Leftist Hybrid“ (1985-yil 23-mart).
- ↑ Saeed, M. Yousuf (1985). "Pakistan Foreign Policy—A Quarterly Survey". Pakistan Horizon 38 (2): 3–18. https://www.jstor.org/stable/41393726.
- ↑ Kaufman, Michael T.. „Succession in Moscow: Tributes from Abroad; Moscow's Allies Extend Condolences“ (1985-yil 12-mart).
- ↑ Šprinc, Radek. „Polská tragédie: Hradec vyvěsí vlajky na půl žerdi“ (2010-yil 14-aprel).
- ↑ Maureen Dowd, "Where's the Rest of Him?" The New York Times, 18 November 1990.
- ↑ Dmitri Volkogonov. (1998), The Rise and Fall of the Soviet Empire. HarperCollins. p. 430. (ISBN 9780006388180
- ↑ Леонид Максименков. Человек одного года // "Огонёк", 16 March 2015.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Brown, Archie (April 1984). "The Soviet Succession: From Andropov to Chernenko". World Today 40: 134–141. https://archive.org/details/sim_world-today_1984-04_40_4/page/134.
- Daniels, Robert V. (20 February 1984). "The Chernenko Comeback". New Leader 67: 3–5. https://archive.org/details/sim_new-leader_1984-02-20_67_4/page/3.
- Halstead, John (May–June 1984). "Chernenko in Office". International Perspectives: 19–21.
- Meissner, Boris (April 1985). "Soviet Policy: From Chernenko to Gorbachev". Aussenpolitik (Bonn) 36 (4): 357–375.
- Ostrovsky, Alexander (2010). Кто поставил Горбачёва? (Who put Gorbachev?) (Wayback Machine saytida 7 August 2022 sanasida arxivlangan) — М.: Алгоритм-Эксмо, 2010. — 544 с. ISBN 978-5-699-40627-2.
- Pribytkov, Victor (December 1985). "Soviet-U.S. Relations: The Selected Writings and Speeches of Konstantin U. Chernenko". American Political Science Review 79 (4): 1277. doi:10.2307/1956397. https://archive.org/details/sim_american-political-science-review_1985-12_79_4/page/1277.
- Urban, Michael E. (1986). "From Chernenko to Gorbachev: A Repolitization of Official Soviet Discourse". Soviet Union/Union Soviétique 13 (2): 131–161.
- Volkogonov, Dmitri. (1998), The Rise and Fall of the Soviet Empire. pp 383–431.
- Zemtsov, Ilya. Chernenko: The Last Bolshevik: The Soviet Union on the Eve of Perestroika (1989), 308p. covers 1970 to 1985.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiiqtibosda q:Константин Устинович Черненко|Константин Устинович Черненко mavzusida sahifa mavjud. |
- Human Rights in Soviet Society by Chernenko.
- Soviet Democracy: Principles and Practice by Chernenko.
- 24-sentyabrda tugʻilganlar
- 1911-yilda tugʻilganlar
- 10-martda vafot etganlar
- 1985-yilda vafot etganlar
- Vikiiqtibosga havola berilgan maqolalar
- Vikimaʼlumotlar:Vikiiqtibosga interviki-havolalarsiz maqolalar
- Kreml devori qabristonida dafn etilganlar
- Jigar sirrozidan oʻlganlar
- Emfizemadan oʻlganlar
- Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi rahbarlari
- Sovet Ittifoqi davlat rahbarlari
- Sotsialistik Mehnat Qahramonlari
- Lenin mukofoti laureatlari
- Sovet Ittifoqi Oliy kengashi aʼzolari
- Krasnoyarsk oʻlkasidan boʻlgan shaxslar
- Yeniseysk gubernatorligidan boʻlgan shaxslar
- Sovuq urush davri odamlari
- Sovet—Afgʻon urushi odamlari
- Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasi 23-chaqirigʻi nomzodlari
- Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasi 24-chaqirigʻi aʼzolari
- Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasi 25-chaqirigʻi aʼzolari
- Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasi 26-chaqirigʻi aʼzolari
- Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi Siyosiy byurosi 25-chaqirigʻi nomzodlari
- Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi Siyosiy byurosi 25-chaqirigʻi aʼzolari
- Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi Siyosiy byurosi 26-chaqirigʻi aʼzolari
- Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi 25-chaqirigʻi kotibiyati aʼzolari
- Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi 26-chaqirigʻi kotibiyati aʼzolari
- Olimpiya oʻyinlari tashkiliy qoʻmitasi prezidentlari
- Lenin ordeni sohiblari
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari
- SSSR Davlat mukofoti laureatlari
- Ukrain millatiga mansub rus xalqi
- Sovet ateistlari
- Sovet chegarachilari