Eduard Shevardnadze

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Eduard Amvrosiyevich Shevardnadze
ედუარდ შევარდნაძე
Eduard Shevardnadze

Mansabda boʻlgan yillari
26-noyabr 1995 – 23-noyabr 2003
Avvalgi prezident Zviad Gamsaxurdia
Keyingi prezident Nino Burjanadze

Tavalludi

25-yanvar 1928-yil
Mamati, Kavkazorti SFSR, SSRI
Vafoti 7-iyul 2014-yil(2014-07-07)
(86 yoshda)
Tbilisi, Gruziya
Siyosiy partiya KPSS (1948—1991)
Mustaqil(1991—1995)
Gurjiston fuqarolari birlashmasismall>(1995—2003)
Turmush oʻrtogʻi Nanuli Shevardnadze
«Mehnatda jasorat ko’rsatgani uchun (Harbiy jasorati uchun) yubiley medali. Vladimir Ilich Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan»1-darajali Knyaz Yaroslav Mudriy ordeniMuqaddas Mixail va Muqaddas Georgiy ordeni sohibi1-klass Turkiya ordeni

Eduard Shevardnadze (gruzincha: ედუარდ შევარდნაძე; ruscha: Эдуа́рд Амвро́сиевич Шевардна́дзе; 25-yanvar 1928 — 7-iyul 2014)[1] Gruziya siyosatdoni va diplomati boʻlgan.

19721985-yillarda Gruziya SSR kommunist partiyasi bosh kotibi, 1985—1991-yillarda esa Sovet Ittifoqi Tashqi ishlar vaziri boʻlib ishlagan. Shevardnadze Mixail Gorbachov davrida Sovet tashqi siyosatining muhim qarorlariga masʼul boʻlgan. Sovet Ittifoqi tarqab ketganidan keyin u 19922003-yillarda Gruziya prezidenti boʻlgan. 2003-yilgi Atirgul inqilobi natijasida isteʼfoga chiqarilgan.

Siyosiy karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eduard Shevardnadzening otasi oʻqituvchi, shu bilan birga sadoqatli kommunist edi. Ammo, onasi bu gʻoyani dastaklamagan. U oʻz eri, keyinroq oʻgʻlini siyosiy faoliyatdan voz kechishga undagan. Eduard Shevardnadze 1946 yil Kommunistik Partiyaning yoshlar harakatiga qoʻshiladi.[2]

Shevardnadzening siyosiy karyerasi 1940-yillar oxirida mahalliy komsomol tashkiloti raisi sifatida boshlangan. Keyinchalik u avvaliga ikkinchi, soʻng birinchi kotib etib tayinlandi. 1961-yilgacha u Gruziya sovet iyerarxiyasida koʻtarilib bordi, biroq katta amaldorni haqorat qilgani uchun mansabi pasaytirildi. Ikki yil past amalda ishlab yurib, Shevardnadze Tbilisi shahar komiteti birinchi kotibini korrupsiyada ayblab, uning mansabini egalladi. Uning anti-korrupsiya ishi Sovet hukumatini qiziqtirib, Shevardnadze Gruziya SSR Ichki ishlar vaziri birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi. Keyinchalik u Ichki ishlar vaziri boʻldi va bosh kotib Vasil Mzxavadzeni korrupsiyada aybladi.

U xizmat pillapoyalaridan tez koʻtariladi va 1972 yil Gruziya partiyasi rahbariga aylanadi. 1970-yillar u byurokratiyaga qarshi kurash olib boradi va nisbatan erkin bozor islohotlarini joriy etadi. Shevardnadze, ayniqsa, Kommunistik Partiya ichidagi korrupsiyaga qarshi turadi. U yuzlab rasmiylarning qimmatbaho mashinalari, villarini tortib oladi va yana koʻplarini ishdan quvadi.

Bosh kotib sifatida Shevardnadze respublikada iqtisodiy oʻsishni ilgʻorlatgan qator islohotlar boshladi, bu Turgʻunlik davrini boshdan kechirayotgan Sovet Ittifoqi uchun noodatiy hol edi. Shevardnadzening anti-korrupsiya kampaniyasi uning bosh kotiblik davrida davom etdi. Mixail Gorbachov Shevardnadzeni Tashqi ishlar vaziri etib tayinladi. Bundan keyin Sovet tashqi siyosatida faqatgina Gorbachov Shevardnadzedan muhimroq rol oʻynadi.

Gruziyadagi faoliyat 1991-yili Sovet Ittifoqi tarqashidan keyin Shevardnadze endilikda mustaqil Gruziyaga qaytdi. Mamlakat birinchi prezidenti Zviad Gamsaxurdiadan keyin hukumat tepasiga keldi. 1995-yili rasman prezident etib saylandi. Uning prezidentligi korrupsiya va nepotizmda ayblanib, tanqid qilindi.

Isteʼfo[tahrir | manbasini tahrirlash]

2003-yilgi parlament saylovidagi qonunbuzarliklardan keyin ommaviy eʼtiroz va namoyishlar boshlanib, Shevardnadze isteʼfoga chiqishga majbur boʻldi. Gruziyaning bahsli prezidentlik saylovlarida gʻalaba qozonishi ortidan vaziyat oʻzgarib ketadi — u ommaviy inqilob bilan qudratdan agʻdariladi. Gruziya parlamentiga bostirib kirgan tanqidchilari Shevardnadzeni oʻzi ishdan olganlar kabi korrupsiyaga botgan va aksildemokratlikda ayblashadi. Uning isteʼfodan boshqa chorasi qolmagandi. „Mening oʻylashimcha“, — deydi u, — „mening isteʼfom qon toʻkilishini oldini olish uchun yagona yoʻl edi“. Umrining oxirigacha omma eʼtiboridan chetda yashab, memuarlar yozdi.

Shevardnadze oxirgi yillarini Tbilisi yaqinidagi uyida oʻtkazdi. Sogʻligʻi yomonlashgani uchun jamiyat hayotida qatnashmay qoʻydi. Uzoq xastalikdan keyin u 2014-yil 7-iyulida 86 yoshda vafot etdi.[3][4]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]