Alisher Vohidov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Alisher Vositovich Vohidov
 Oʻzbеkistоnning BMTdagi doimiy vakili
 
Mansab davri
1994-yildan – 2008-yilgacha
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Bahodir Abdurazzoqov
Vorisi Murod Asqarov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 7-mart 1947-yil (1947-03-07) (77 yosh)
Toshkent

Alisher Vositovich Vohidov — oʻzbek diplomati. 1994—2008-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Birlashgan millatlar tashkilotidagi doimiy vakili.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1994-yildan — Oʻzbеkistоnning BMTdagi doimiy vakili vazifasini bajaruvchi, 1997—2008-yillarda esa Oʻzbekiston Respublikasining BMTdagi elchisi, doimiy vakili boʻlgan.

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Otasi Vosit Vohidov (1917—1994) — taniqli jarroh, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1979), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi. Xirurgiya markaziga uning nomi berilgan.

Onasi — Lyubov Yegorovna Malina.

Opasi — Gulsara Vositovna Vohidova, tibbiyot fanlari nomzodi[1].

Akasi — Odilbek Vositovich Vohidov, tibbiyot fanlari nomzodi[2].

Rafiqasi Svetlana Rashidova — taniqli olima, jamoat arbobi. OʻzSSR sobiq rahbari Sharof Rashidovning qizi. BMT huzuridagi diplomatlar oilalari aʼzolari bilan ishlash boʻyicha Hospitality Committee for UN Delegations vitse-prezidenti boʻlgan. 2021-yilda vafot etgan[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]