Oʻzbekistonda paxta ishi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tergovchilar Telman Gdlyan va Nikolay Ivanov (chapda) sovet jurnalistlariga musodara qilingan boyliklarni namoyish qilishmoqda. 1988-yil

Oʻzbekistonda paxta ishi yoki paxta ishi (boshqa nomi oʻzbek ishi) O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasida Leonid Brejnev hukmronligining soʻnggi yillarida boshlangan va 1989-yilgacha davom etgan keng koʻlamli repressiv antikorrupsiya mojarosi edi.

Turgʻunlik davrida yuzaga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy nomutanosiblik kuchayib borishi bilan aholining hukumatga nisbatan ishonchini oshirish maqsadida paxta ishiga aloqador boʻlgan keng miqyosdagi jinoiy sud jarayonlari eʼlon qilindi. Jami 800 ta jinoiy ish qoʻzgʻatilib, 4000 dan ortiq shaxs ushbu ish bilan bogʻliq turli ayblovlar boʻyicha aybdor deb topildi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sharof Rashidov 1959-yil 15-martda O‘zbekiston Kompartiyasi birinchi kotibi etib tayinlandi. Hukmronligi davrida O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi O‘rta Osiyoning boshqa Sovet Sotsialistik Respublikalari qatori Sovet Ittifoqining asosiy paxta manbaiga aylandi. 1970-yillarning boshlariga kelib Oʻzbekiston SSRda deyarli barcha ekin maydonlari paxtachilikda foydalanish uchun oʻzlashtirildi[1]. Paxta yetishtirishni yanada oshirishning imkoni boʻlmasa-da, davlat reja qoʻmitasi yoki Gosplan paxtani import qilishdan qochish maqsadida ishlab chiqarishni yanada oshirishni talab qila boshladi[2].

Natijalar halokatli boʻldi. Pestitsidlar va zaharli oʻgʻitlardan keng foydalanish hamda almashlab ekishdan voz kechish atrof-muhit uchun halokatli oqibatlarga olib keldi. G‘o‘zaning o‘sishini yaxshilash maqsadida suvning isrof qilinishi Orol dengizining qurib qolishiga sabab boʻlib, bu esa mintaqadagi ekologik vaziyatni yanada og‘irlashtirdi. Shunga qaramay, paxta yetishtirish darajasi oshmadi. Qoʻshib yozish yoki besh yillik rejalar natijalarini sunʼiy ravishda oshirish natijasida millionlab dollar mablagʻlar yoʻqotildi. Statistik maʼlumotlarning ishonchsizligi esa iqtisodiy qarorlar qabul qilinishiga toʻsqinlik qildi[2]. Shunga qaramay, Sharof Rashidov O‘zbekiston ustidan nazoratni saqlab qolib, mavjud bo‘lmagan miqdordagi paxtani yetishtirish uchun Sovet hukumatidan jami to‘rt milliard rubl mablagʻ oldi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Blackmon, Pamela. In the Shadow of Russia: Reform in Kazakahstan and Uzbekistan (inglizcha). East Lansing, Michigan, United States: Michigan State University Press, 2011. Blackmon, Pamela (2011). In the Shadow of Russia: Reform in Kazakahstan and Uzbekistan. East Lansing, Michigan, United States: Michigan State University Press.
  2. 2,0 2,1 Robinson, Alan G.. Corporate Creativity (inglizcha). San Francisco: Berrett-Koehler Publishers, Inc., 1997 — 99 bet. Robinson, Alan G.; Stern, Sam (1997). Corporate Creativity. San Francisco: Berrett-Koehler Publishers, Inc. p. 99.