Arafa
Arafa (arab. — bilmoq, tanimoq, maʼrifat hosil qilmoq) — 1) hijriy-qamariy yil hisobi boʻyicha 12-oy (Zilhijja) 9-kunining nomi. Islom manbalarida aytilishicha, bu kunning Arafa deb atalishiga sabab Ibrohim (alayhisalom)ga Jabroil haj ibodatining arkonlarini shu kuni oʻrgatib ketgan. Hojilar shu kuni Arafot tepaligiga chiqib, to Quyosh botgunga qadar duo, ibodat va iltijo bilan mashgʻul boʻladilar; 2) Hayitdan oldingi kun ham Arafa deb nomlanadi. Shundan kelib chiqib xalqlar orasida tantanali, olam-shumul voqealar va bayramlardan oldin-gi kun va muddatni ham Arafa deb nomlash odatga aylangan. Masalan Myctaqillik bayrami Arafasi, Yangi yil Arafasi va hokazo.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |