Gruziya Sovet Sotsialistik Respublikasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Gruziya Sovet Sotsialistik Respublikasi
Грузинская Советская Социалистическая Республика
საქართველოს საბჭოთა სოციალისტური რესპუბლიკა
Yarim mustaqil davlat (1921–22)
ZSFSR tarkibida (1922–36)
Sovet Ittifoqi respublikasi (1936–91)
1921—1991
Flag
Bayroq
Gerb
Gerb
Shior
პროლეტარებო ყველა ქვეყნისა, შეერთდით! (Gruzincha)
P’rolet’arebo q’vela kveq’nisa, sheertdit! (transliteratsiya)
„Butun dunyo proletarlari, birlashingiz!“
Madhiya
საქართველოს საბჭოთა სოციალისტური რესპუბლიკის სახელმწიფო ჰიმნი
Sakartvelos sabch’ota sotsialist’uri resp’ublik’is sakhelmts’ipo himni
„Gruziya Sovet Sotsialistik Respublikasi gimni“
Gruziya SSRning (qizil) Sovet Ittifoqida joylashuvi
Poytaxti Tbilisi
Til(lar)i Rasmiy tillar:
GruzinRus
Ozchiliklar tillari:
AbxazOsetin
Etnoxoronimi Gruzin
Sovet
Hukumati Unitar Marksist-Leninist bir partiyali sovet sotsialistik respublika (1921-1927; 1953-1991)
Stalinist bir partiyali totalitar diktatura (1927-1953)
Birinchi kotib
 •  1921–1922 Mamia Orakhelashvili
 •  1989–1990 Givi Gumbaridze
Hukumat boshchisi
 •  1922 Polikarp Mdivani
 •  1990—1991 Tengiz Sigua
Davlat boshchisi
 •  1990—1991 Zviad Gamsakhurdia
Tarixi XX asr
 •  Sovet okkupatsiyasi 11-fevral 1921-yil
 •  Tashkil etilgan 25-fevral 1921-yil
 •  Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan 30-dekabr 1922
 •  Qayta asos solingan 5-dekabr 1936-yil
 •  Suverenitet eʼlon qilingan 18-noyabr 1989-yil
 •  Gruziya Respublikasi deb qayta nomlangan 18-noyabr 1990-yil
 •  Mustaqillik eʼlon qilingan 9-aprel 1991-yil
 •  Mustaqillik yakunlangan 26-dekabr 1991-yil
Maydoni
 •  1989-yil 69700 km²
Aholisi
 •  1989-yil (tax.) 5 400 841 
     Zichlik 77.486958393113 km²
Pul birligi Sovet rubli (SUR)
Telefon kodi +7 881/882/883
Oldingisi
Keyingisi
Gruziya Demokratik Respublikasi
Zakavkazye Sotsialistik Federativ Sovet Respublikasi
Armaniston
Ozarbayjon
Gruziya
Rossiya

Gruziya Sovet Sotsialistik Respublikasi, Gruziya SSR (gurji: საქართველოს საბჭოთა სოციალისტური რესპუბლიკა; rus. Грузинская Советская Социалистическая Республика) — Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan respublikalarning biri. Ayrim manbalarda Sovet Gruziyasi deb yuritiladi.

Gruziya SSR 1801-yilda Rossiya imperiyasi tomonidan annekesiya qilinib olinishidan avval Kavkazda bir necha mustaqil davlat sifatida mavjud boʻlgan Gruziyaning anʼanaviy hududida tuzilgan. 1918-yilda mustaqillika erishgan Gruziya Demokratik Respublikasini 1921-yilda Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi ishgʻol qilgan. Gruziya 1922–1936-yillarda Zakavkazye Sotsialistik Federativ Sovet Respublikasi tarkibida boʻlgan.

Gruziya SSR poytaxti Tbilisi shahri boʻlgan. Respublika 65 rayonga boʻlingan, 58 shahar, 55 shahar tipidagi posyolkasi boʻlgan.[1]

1989-yilning 18-noyabrida Gruziya SSR suverenitet eʼlon qildi. 1990-yilning 14-noyabrida mamlakat Gruziya Respublikasi deb qayta nomlandi. 1991-yil 6-aprelda Gruziya oʻz mustaqilligini eʼlon qildi.

Tarixi[tahrir]

Gruziyada sinfiy jamiyat miloddan avvalgi 1-ming yilliklar boshlarida tarkib topgan. Miloddan avvalgi 6-asrda Kolxida podsholigi, 4–3-asrlarda Iberiya (Kartli podsholigi) tarkib topgan. 6-asr boshidan 10-asr boshlarigacha Sosoniylar sulolasi, Vizantiya va Arab xalifaligi hukmronligi ostida boʻlgan. 6–10-asrlarda gruzin elati tarkib topgan.

Gruziya SSRning 1944–1955-yillardagi xaritasi

8–9-asr boshlarida Kaxeti, Ereti, Tao-Klarjeti feodal knyazliklari, Abxaziya podshologi vujudga kelgan. 13–14-asrlarda moʻgʻullar bostirib kirgan va Amir Temur qoʻshinlari Gruziya hududini egallagan. 16–18-asrlarda Gruziya hududi Eron va Turkiya oʻrtasida kurash maydoniga aylangan.

1801-yili Gruziyaning sharqiy, 1803–1864-yillari gʻarbiy qismlari Rossiyaga qoʻshib olingan. 19-asrning 90-yillarida dastlabki sotsialist-demokratik tashkilotlar tuzulgan. 1918-yilda Gruziya Demokratik Respublikasi mustaqil davlatiga asos solingan.

1921-yilda Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi Gruziyani ishgʻol qilgan va u yerda Sovet hokimiyatini oʻrnatgan. 1921-yili 25-fevralda Gruziya SSR tuzilgan. Gruziya 1922-yil 12-martdan Zakavkazye Sotsialistik Federativ Sovet Respublikasi tarkibida boʻlgan. 1936-yil 5-dekabrdan ittifoqdosh respublika sifatida bevosita Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan.

1989-yilning 18-noyabrida Gruziya SSR suverenitet eʼlon qildi. 1990-yilning 14-noyabrida mamlakat Gruziya Respublikasi deb qayta nomlandi. 1991-yil 6-aprelda Gruziya oʻz mustaqilligini eʼlon qildi.

Manbalar[tahrir]

  1. "Gruziya SSR" (oʻzbekcha). Ensiklopedik lugʻat. 1. Toshkent: Oʻzbek sovet ensiklopediyasi. 1988. p. 215. 5-89890-002-0. 

Havolalar[tahrir]