Abxaziya Sotsialistik Sovet Respublikasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Abxaziya Sotsialistik Sovet Respublikasi
  • abx. Социалисттә Советтә Республика Аҧсны
  • gurji: საბჭოთა სოციალისტური რესპუბლიკა აფხაზეთი
  • ruscha: Социалистическая Советская Республика Абхазия
1921—1931
Flag
Bayroq
Gerb
Gerb
Shior
Abxaziya SSRning (yashil) Sovet Ittifoqida joylashuvi
Poytaxti Suxumi
Til(lar)i Arman Gruzin  · Rus
Etnoxoronimi Abxaz
Sovet
Hukumati Sovet sotsialistik respublika
Tarixi XX asr
 •  Respublika eʼlon qilingan 31-mart 1921-yil
 •  Tugatilgan 19-fevral 1931-yil
Maydoni
 •  1926-yil 8600 km²
Aholisi
 •  1926-yil (tax.) 201 016 
     Zichlik 23.373953488372 km²
Pul birligi Sovet rubli (SUR)
Oldingisi
Keyingisi
Gruziya Demokratik Respublikasi
Abxaziya ASSR

Abxaziya Sotsialistik Sovet Respublikasi, Abxaziya SSR (abx. Социалисттә Советтә Республика Аҧсны; gurji: საბჭოთა სოციალისტური რესპუბლიკა აფხაზეთი; ruscha: Социалистическая Советская Республика Абхазия) — Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan respublikalarning biri. 1921–1931-yillarda mavjud boʻlgan. 1921-yil Qizil armiya Gruziyaga bostirib kirganidan keyin tuzilgan ushbu mamlakat 1921-yilning 16-dekabrigacha mustaqil boʻlgan. Oʻsha kuni Gruziya SSR bilan Abxaziya SSRni birlashtirish kelishuvi imzolangan. Abxaziya SSR avtonom sovet respublikasiga oʻxshash boʻlgan, ammo Gruziyadan de facto mustaqil boʻlgan. Xususan, Abxaziya SSR oʻz harbiy boʻlimiga ega boʻlish kabi ittifoqning toʻliq aʼzolarigagina beriladigan huquqlarga ega boʻlgan. 1922-yil Abxaziya oʻzining Gruziya bilan „kelishuv davlati“ statusi orqali Armaniston SSR, Ozarbayjon SSR va Gruziya SSRni birlashtirib tuzilgan Zakavkazye Sotsialistik Federativ Sovet Respublikasi tarkibiga kiritilgan. 1931-yil Abxaziya SSR tugatilib, uning oʻrniga Gruziya SSR tarkibida Abxaziya Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi tuzilgan.[1]

Abxaziya SSRga Nestor Lakoba yetakchilik qilgan. Lakoba rasman Xalq komissarlari kengashi raisi boʻlgan. Ammo u Abxaziyani shunchalik qattiq nazoratga olgnan-ki, respublikaga „Lakobiston“ laqabi berilgan. Lakoba sovet yetakchisi Iosif Stalin bilan yaxshi munosabatda boʻlgani uchun Abxaziya Gruziya tarkibiga kiritilgunicha respublikada kollektivizatsiya boshlanmagan. Abxaziya Sovet Ittifoqining tamaki yetishtiruvchi asosiy hududi boʻlgan. Ittifoqda ishlab chiqarilgan tamakining yarmidan koʻpi Abxaziyada yetishtirilgan. Qolaversa, respublikada boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, jumladan, choy, vino, sitrus mevalari yetishtirilgan. Natijada Abxaziya Sovet Ittifoqining end boy hududlaridan biriga aylangan. Respublikaning subtropik iqlimi esa sayyohlarni jalb qilgan. Respublikada Stalin va boshqa sovet yetakchilarning dachalari boʻlgan, ular bu dalahovlilarda koʻp vaqt oʻtkazgan.

Koʻplab millat vakillari yashaydigan Abxaziyada aholining 30 foizidan ozini tashkil qilgan abxazlar nominal tarzda yetakchilik qilgan. Respublikada gruzinlar, armanlar, greklar hamda ruslar soni ham koʻp boʻlgan. Abxazlar eng yirik guruh boʻlmasa-da, ularga yon bosilgan hamda oʻsha davrdagi korenizatsiya siyosati doirasida abxaz tili targʻib qilingan. Shu va boshqa siyosatlar yordamida abxaz millati targʻib qilingan, natijada abxaz millatchiligi yuzaga kelgan. Abxaziya SSRning asosiy merosi shuki, zamonaviy tarixda ilk marotaba Abxaziya nomi bilan muayyan geografik birlikni paydo qilgan. 1931-yil respublika maqomi pastlatilgan boʻlishiga qaramasdan, respublika mavjud boʻlgani abxaz xalqi xotirasida qoldi. 1980-yillarda glasnost va perestroyka siyosatlari ortidan abxaz yetakchilar Gruziyadan ajralib chiqib, oʻz davlatlarini tuzishga chorlay boshladi. Bunday qarashga egalar uchun Abxaziya SSR oʻrnak boʻldi. Natijada Abxaziyada 1925-yilda qabul qilingan Abxaziya SSR konstitutsiyasi qayta tiklandi. Bu esa, oʻz navbatida, abxazlar va Gruziya oʻrtasida 1992–1993 yillardagi urushga hamda hozirgi kundagi abxaz-gruzin konfliktiga turtki boʻldi.

Manbalar[tahrir]

  1. "Abxaziya ASSR" (oʻzbekcha). Ensiklopedik lugʻat. 1. Toshkent: Oʻzbek sovet ensiklopediyasi. 1988. p. 8. 5-89890-002-0.