Kontent qismiga oʻtish

Estoniya Sovet Sotsialistik Respublikasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
1940–1941
1944–1991
Maqom Tan olinmagan Sovet Ittifoqi respublikasi
(1940–1941, 1944–1991)
Tarixiy era XX asr
Hozirda hududida quyidagilar mavjud  Estonia

Estoniya Sovet Sotsialistik Respublikasi, Estoniya SSR (estoncha: Eesti Nõukogude Sotsialistlik Vabariik; ruscha: Эстонская Советская Социалистическая Республика) — Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan respublikalarning biri. Ayrim manbalarda Sovet Estoniyasi deb yuritiladi.

Estoniya SSR Sovet Ittifoqining tan olinmagan respublikasi boʻlgan va Sovet Ittifoqi hukumati qoʻli ostidagi hukumat tomonidan boshqarilgan.[1][2] 1940-yilning 17-iyunida sovet qoʻshinlari Molotov–Ribbentrop pakti asosida Estoniyaga bostirib kirgan. Natijada 1940-yilning 21-iyulida Estoniya Respublikasi hududida Estoniya SSR tuzilgan. Buning uchun Sovet Ittifoqi dastaklagan qoʻgʻirchoq hukumat[3] oʻrnatilgan. 1941-yildan 1944-yilgacha Estoniya hududi fashistlar Germaniyasi tomonidan ishgʻol qilingan va Reichskommissariat Ostland tarkibiga kirgan.

Aksar davlatlar[4] Estoniyaning qoʻshib olinganini de jure tan olmagan va Sovet Hukumati tomonidan de facto boshqarilishinigina tan olgan yoki umuman tan olmagan.[5][6][7] Ushbu mamlakatlarning ayrimlari Estoniyaning eski hukumati nomidan faoliyat yuritgan diplomat va konsullarni tan olishda davom etgan.[8][9] Natijada Estoniya 1940-91-yillar mobaynida de jure okkupatsiya qilingan mustaqil davlat hisoblangan.[10]

Estoniya SSR poytaxti Tallin shahri boʻlgan. Respublika 15 rayonga boʻlingan, 33 shahar, 24 shahar tipidagi posyolkasi boʻlgan.[11]

1988-yilning 16-noyabrida Estoniya SSR Moskvadan suverenitet eʼlon qilgan Sovet Ittifoqi taʼsiri doirasidagi birinchi respublikalardan boʻldi. 1990-yilning 30-martida Estoniya SSR 1940-yildan beri ishgʻol qilinib kelinganini taʼkidladi va toʻla mustaqillikka oʻtish davri boshlanganini eʼlon qildi. 1990-yilning 8-mayida Estoniya Sovet Sotsialistik Respublikasi Estoniya Respublikasi deb qayta nomlandi. 1991-yilning 20-avgustida – Moskvada davlat toʻntarishi urinishi boshlanganidan keyin bir kun oʻtib – Estoniya Respublikasi mustaqilligi qayta tiklandi. Sovet Ittifoqi mamlakat mustaqilligini 1991-yil 6-sentabrda rasman tan oldi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Estoniyada sinfiy jamiyat milodiy 2-ming yillikning boshida vujudga kelgan. 12–13-asrlarda eston elati shakllana boshlagan. 13-asrdan Estoniya xalqi nemislar soʻng danlar agressiyasini qaytarib kelgan. 13-asrning 2-choragi – 16-asrning oʻrtasida nemis salibchilari bosib olgan. Estoniya hududi Livoniyaning bir qismini tashkil qilgan. 16-asr oxirida Estoniya Shvetsiya (shimoliy qismi), Rech Pospolita (janubiy qismi) va Daniya (Saaremaa oroli) oʻrtasida boʻlib olingan. 17-asr oʻrtasida barcha hududi shvedlar qoʻl ostida boʻlgan.

Estoniya va Latviya chegaralarining 1939–2001-yillar oʻrtasida oʻzgarishi

1721-yilgi Nishtadt sulh shartnomasiga koʻra Estoniya Rossiya tarkibiga kirgan. Estlandiya (1816) va Liflandiya (1819) gubernyalarida krepostnoylik huquqining bekor qilinishi kapitalizmning rivojlanishini tezlashtirgan. 1858-yili Maxtrass dehqonlar qoʻzgʻoloni, 1872-yili Krengolm ishchilar stachkalari boʻlib oʻtgan. 20-asr boshida dastlabki sotsialist-demokratik tashkilotlar vujudga kelgan.

1917-yil oktabr oxirida Sovet hokimiyati oʻrnatilgan. 1918-yil 29-noyabrda Narvada ESSR (Estlandiya Mehnat kommunasi) eʼlon qilinib, 1919-yili milliy kontrrevolyutsiya va oq gvardiyachilar tazyiqi ostida agʻdarilgan. 1934-yil martida Estoniyada fashistlar toʻntarilish qilgan.

1940-yilning 17-iyunida sovet qoʻshinlari Molotov–Ribbentrop pakti asosida Estoniyaga bostirib kirgan. Natijada 1940-yilning 21-iyulida Estoniya Respublikasi hududida Estoniya SSR tuzilgan. Buning uchun Sovet Ittifoqi dastaklagan qoʻgʻirchoq hukumat oʻrnatilgan. 1941-yildan 1944-yilgacha Estoniya hududi fashistlar Germaniyasi tomonidan ishgʻol qilingan va Reichskommissariat Ostland tarkibiga kirgan. 1944-yili Sovet Ittifoqiga qayta qoʻshib olingan.

Aksar davlatlar Estoniyaning Sovet Ittifoqiga qoʻshib olinganini de jure tan olmagan va Sovet hukumati tomonidan de facto boshqarilishinigina tan olgan yoki umuman tan olmagan. Ushbu mamlakatlarning ayrimlari Estoniyaning eski hukumati nomidan faoliyat yuritgan diplomat va konsullarni tan olishda davom etgan. Natijada Estoniya 1940-91-yillar mobaynida de jure okkupatsiya qilingan mustaqil davlat hisoblangan.

1988-yilning 16-noyabrida Estoniya SSR Moskvadan suverenitet eʼlon qilgan Sovet Ittifoqi taʼsiri doirasidagi birinchi respublikalardan boʻldi. 1990-yilning 30-martida Estoniya SSR 1940-yildan beri ishgʻol qilinib kelinganini taʼkidladi va toʻla mustaqillikka oʻtish davri boshlanganini eʼlon qildi. 1990-yilning 8-mayida Estoniya Sovet Sotsialistik Respublikasi Estoniya Respublikasi deb qayta nomlandi. 1991-yilning 20-avgustida – Moskvada davlat toʻntarishi urinishi boshlanganidan keyin bir kun oʻtib – Estoniya Respublikasi mustaqilligi qayta tiklandi. Sovet Ittifoqi mamlakat mustaqilligini 1991-yil 6-sentabrda rasman tan oldi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Hough, Jerry F. Democratization and revolution in the USSR, 1985–1991. Brookings Institution Press, 1997. ISBN 0-8157-3749-1. 
  2. „Republic, definition 3“. Merriam-Webster Online Dictionary. Merriam-Webster Online (2009). Qaraldi: 2009-yil 9-iyun.
  3. Ronen, Yaël. Transition from Illegal Regimes Under International Law. Cambridge University Press, 2011 — 17 bet. ISBN 978-0-521-19777-9. 
  4. Mälksoo, Lauri. Illegal annexation and state continuity: the case of the incorporation of the Baltic states by the USSR. M. Nijhoff Publishers,, 2003 — 76 bet. ISBN 978-90-411-2177-6. „incorporation into the Soviet Union in 1940 took place against the will of the population, and was never recognized de jure by most countries“ 
  5. Hiden, John; Vahur Made; David J. Smith. The Baltic question during the Cold War. Routledge, 2008 — 209 bet. ISBN 0-415-37100-7. 
  6. Talmon, Stefan. Recognition of Governments in International Law. Oxford University Press, 2001 — 103 bet. ISBN 978-0-19-826573-3. 
  7. Aust, Anthony. Handbook of International Law. Cambridge University Press,, 2005 — 26 bet. ISBN 0-521-82349-8. 
  8. Diplomats Without a Country: Baltic Diplomacy, International Law, and the Cold War by James T. McHugh, James S. Pacy, Page 2. ISBN 0-313-31878-6
  9. „President of the Republic at the State Dinner hosted by President T. E. Mary McAleese and Dr. Martin McAleese“. President (14-aprel 2008-yil). — „" ... we are thankful that Ireland never recognised the illegal annexation of Estonia by the Soviet Union after the Second World War. We will never forget John McEvoy, Estonia’s honorary consul in Dublin from 1938 to 1960."“. 2015-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-oktabr 2015-yil.
  10. David James Smith, Estonia: independence and European integration, Routledge, 2001, ISBN 0-415-26728-5, pXIX
  11. "Estoniya SSR" (oʻzbekcha). Ensiklopedik lugʻat. 2. Toshkent: Oʻzbek sovet ensiklopediyasi. 1988. p. 440. 5-89890-018-7. 

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]