Janubiy Osetiya Sovet Respublikasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Janubiy Osetiya Sovet Respublikasi
1990–1991
Gruziya SSRning 1957–1991-yillardagi xaritasi. Janubiy Osetiya avtonom oblasti oʻrtada sariq rang bilan belgilangan.
Poytaxti Sxinvali
Til(lar)i Osetin  · Rus  · Gruzin
Etnoxoronimi Janubiy osetiyalik
Osetin
Sovet
Hukumati Sovet sotsialistik respublika
Tarixi XX asr
 •  Gruziya SSR tarkibida Janubiy Osetiya avtonom oblasti (Janubiy Osetiya AO) tuzilgan 20-aprel 1922-yil
 •  Janubiy Osetiya AO Janubiy Osetiya AR nomi bilan Gruziyada SSRdan Sovet Ittifoqi tarkibidagi respublika oʻlaroq suverenitet eʼlon qilgan 20-sentabr 1990-yil
 •  Gruziya SSR Janubiy Osetiya AO avtonomiyasini tugatish qarorini chiqargan 11-dekabr 1990-yil
 •  Birinchi Janubiy Osetiya urushining boshlanishi 5-yanvar 1991-yil
 •  Janubiy Osetiya SR Janubiy Osetiya Respublikasi nomi bilan Gruziyadan mustaqillik eʼlon qilgan 21-dekabr 1991-yil
 •  Gruziya va Janubiy Osetiya oʻrtasida Sochi tinchlik kelishuvi imzolangan 24-iyun 1992-yil
 •  Gruziya-Rossiya urushi 7–12-avgust 2008-yil
Maydoni
 •  1983 39000 km²
Aholisi
 •  1983 (tax.) 98 000 
     Zichlik 2.5128205128205 km²
Pul birligi Sovet rubli (SUR)
Oldingisi
Keyingisi
Janubiy Osetiya avtonom oblasti
Janubiy Osetiya

Janubiy Osetiya Sovet Respublikasi, Janubiy Osetiya SRSovet Ittifoqi tarkibiga kirgan respublikalarning biri. 1990–1991-yillarda mavjud boʻlgan. 1983-yil Janubiy Osetiya AO aholisi 98 000 kishi boʻlgan.[1] Oblast hududida osetinlar, gruzinlar, ruslar yashagan. Markazi Sxinvali shahri boʻlgan.

1922-yilning 20-aprelida Gruziya SSR tarkibida Janubiy Osetiya avtonom oblasti (Janubiy Osetiya AO) (gurji: სამხრეთ ოსეთის ავტონომიური ოლქი; osetin: Ху́ссар Ирыстоны автономон бæстæ ; rus. Юго-Осетинская автономная область) tuzilgan. Oblast 1990-yilgacha mavjud boʻlgan.

Oʻsha yili 20-sentabrda Janubiy Osetiya AO Gruziya SSRdan ajralib chiqib, Janubiy Osetiya Sovet Respublikasi nomi bilan Sovet Ittifoqi tarkibidagi suveren respublikaga aylanganini eʼlon qilgan. Buni Gruziya SSR tan olmagan va 1990-yilning 11-dekabr kuni Janubiy Osetiya AO avtonomiyasini butunlay tugatish haqida qaror chiqargan. Natijada 1991-yilning 5-yanvarida Birinchi Janubiy Osetiya urushi boshlanib ketgan. 1991-yilning 21-dekabrida Janubiy Osetiya SR Janubiy Osetiya Respublikasi nomi bilan Gruziyadan mustaqillik eʼlon qilgan.

Hozirgi kunda 1922–1990-yillarda Janubiy Osetiya AO hamda 1990–1991-yillarda Janubiy Osetiya SR oʻlaroq maʼlum boʻlgan hudud oʻrnini Janubiy Osetiya Respublikasi egallagan. Gruziya konstitutsiyasida Janubiy Osetiya Gruziya tarkibiga kirishi aytilgan. 2008-yilning avgustida sodir boʻlgan Gruziya-Rossiya urushi ortidan ayrim davlatlar, xususan, Rossiya Janubiy Osetiya mustaqilligini tan oldi. Respublika mustaqilligini tan olgan respublikalar soni oltitaga yetgan.

Manbalar[tahrir]

  1. "Janubiy Osetiya avtonom oblasti" (oʻzbekcha). Ensiklopedik lugʻat. 1. Toshkent: Oʻzbek sovet ensiklopediyasi. 1988. p. 276. 5-89890-002-0.