Samara

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Samara
Shahar
{{{rasmiy_nomi}}}ning bayrogʻi
Bayroq
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
53°11′0″N 50°07′0″E / 53.18333°N 50.11667°E / 53.18333; 50.11667 G OKoordinatalari: 53°11′0″N 50°07′0″E / 53.18333°N 50.11667°E / 53.18333; 50.11667 G O
Mamlakat Rossiya
viloyat Samara viloyati
Hukumat
 • Mer Dmitriy Azarov
Asos solingan 1586-yil
Avvalgi nomlari

1935-yilgacha "Samara"

1991-yilgacha "Kuybishev"
Maydon 541.382 km2 (209.029 mi²)
Markazi balandligi 100 m
Iqlim turi oʻrtacha-kontinental
Aholisi
 (2013)
1,171,598 kishi
Milliy tarkib

Ruslar - 89,5 % Tatarlar - 3,6 % Mordvalar - 1,1 % Ukrainlar - 1,0 %

Boshqa millatlar - 6,1 %
Vaqt mintaqasi UTCUTC +4
Telefon kodi + 7 846
Pochta indeks(lar)i 443xxx
Avtomobil kodi 63, 163
Samara xaritada
Samara xaritada

Samara (1936—91-yillarda Kuybishev "Куйбышев") — Samara (rus. Самара) Rossiya Federatsiyasidagi shahar, Samara viloyati markazi. Volga daryosining chap sohilidagi port shahar. Volgaga Samara daryosi quyilgan joyda joylashgan. Temir yoʻl tuguni markazi hisoblanadi. Aholisi 1.171.000 kishi (2013). Mashinasozlik va metallsozlik (aviakosmik texnika, neft sanoati jihozlari, motorsozlik, radioelektronika, priborsozlik va boshqa podshipnik, avtotraktor elektr jihozlari, elektrotexnika va boshqa jihozlar ishlab chiqariladi), neftni qayta ishlash va neft kimyosi, kimyo, metallurgiya, oziq-ovqat (goʻsht va yogʻ mahsulotlari, "Rossiya" shokolad fabrikasi, Jiguli Pivo zavodi va boshqa korxonalar mavjud), yengil sanoat sohalari mavjud. GES va issiklik elektro stansiyalari ishlab turibdi. Shaharda Metropoliten "Samara Metropoliteni" (1987-yildan), 10 ta Oliy oʻquv yurti (shu jumladan: Samara Davlat Universiteti), 4 ta teatr (shu jumladan: Opera va Balet teatri, Filarmoniya), 5 ta muzey (shu jumladan: Oʻlkashunoslik va Badiiy muzeylar) bor.

Shahar 1586-yilda sharq va janubga tobora kengayib borayotgan Rossiyaning chegara istehkomi sifatida bunyod etilgan. 19-asrda don hamda choʻchqa yogʻi, jun, teri savdosining yirik markazi hisoblangan. 1851-yildan Samara Gubernyasi, 1928—29-yillarda Oʻrta Volga viloyati, 1929—35-yillarda Oʻrta Volga oʻlkasi markazi, 1935-1991-yillarda Kuybishev viloyati, 1992-yildan Samara viloyati markazi hisoblanadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil