Karel-Fin Sovet Sotsialistik Respublikasi
Karel-Fin Sovet Sotsialistik Respublikasi | ||||||||||||||
Карело-Финская Советская Социалистическая Республика Karjalais-suomalainen sosialistinen neuvostotasavalta | ||||||||||||||
| ||||||||||||||
Shior Kaikkien maiden proletaarit, liittykää yhteen! (Fincha) Kaikkien maiden proletaarit, liittykää yhteen! (transliteratsiya) „Butun dunyo proletarlari, birlashingiz!“ | ||||||||||||||
Madhiya Karjalais-suomalaisen sosialistisen neuvostotasavallan hymni Karjalais-suomalaisen sosialistisen neuvostotasavallan hymni „Karel-Fin Sovet Sotsialistik Respublikasi gimni“ (1940-1956) | ||||||||||||||
Karel-Fin SSRning (qizil) Sovet Ittifoqida joylashuvi
| ||||||||||||||
Poytaxti | Petrozavodsk | |||||||||||||
Til(lar)i | Rasmiy tillar: Karel · Rus · Fin | |||||||||||||
Etnoxoronimi | Karel-fin Sovet | |||||||||||||
Hukumati | Sotsialistik respublika | |||||||||||||
Prezidium raisi | ||||||||||||||
• | 1940—1956 | Otto Wille Kuusinen | ||||||||||||
Tarixi | XX asr | |||||||||||||
• | Respublika eʼlon qilingan | 31-mart 1940-yil | ||||||||||||
• | Avtonom sovet respublika statusiga tushirilgan | 16-iyul 1956-yil | ||||||||||||
Maydoni | ||||||||||||||
• | 1959-yil | 172400 km² | ||||||||||||
Aholisi | ||||||||||||||
• | 1959-yil (tax.) | 651 300 | ||||||||||||
Zichlik | 3.7778422273782 km² | |||||||||||||
Pul birligi | Sovet rubli (SUR) | |||||||||||||
|
Karel-Fin Sovet Sotsialistik Respublikasi, Karel-Fin SSR (fin. Karjalais-suomalainen sosialistinen neuvostotasavalta; ruscha: Карело-Финская Советская Социалистическая Республика) — Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan respublikalarning biri. 1940-yilda tashkil topgan.[1] 1956-yil Karel Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi nomi bilan Rossiya SFSR tarkibiga kiritilgan. Karel-Fin SSR poytaxti Petrozavodsk shahri boʻlgan.
1991-yil Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan keyin, 13-noyabrda Karel Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Kareliya Respublikasi nomli federal subyekt oʻlaroq Rossiya Federatsiya tarkibiga kiritildi. Ayrim manbalarda Sovet Kareliyasi yoki shunchaki Kareliya deb yuritiladi.
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
9–12-asr boshida Karel-Fin SSR hududi Kiyev Rusiga, 12-asrdan Novgorodga qarashli boʻlgan. 1478-yil Rus davlatiga qoʻshib olingan. 13–17-asrlarda shvedlar bir necha marta bostirib kirgan. 17-asr boshida Kareliyaning shvedlar bosib olgan qismini 1721-yil Rossiya qayta egallagan.
Kareliyada sovet hokimiyati 1917-yil noyabr – 1918-yil aprelda oʻrnatilgan. 1920-yilning 8-iyunida Rossiya SFSR tarkibida Kareliya mehnat kommunasi tashkil etilgan. 1923-yilning 25 iyulida Mehnat kommunasi Kareliya Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasiga aylantirildi. 1940-yilning 31-martida esa avtonom respublika Karel-Fin Sovet Sotsialistik Respublikasi nomi bilan toʻlaqonli sovet respublikasiga aylantirildi. Ammo 1956-yilning 16-iyulida respublika qaytadan Kareliya Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasiga aylantirildi. Ikkinchi jahon urushi yillarida Kareliya hududining katta qismini fashistlar Germaniyasi okkupatsiya qilib turgan.
1991-yil Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan keyin, 13-noyabrda Karel Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Kareliya Respublikasi nomli federal subyekt oʻlaroq Rossiya Federatsiya tarkibiga kiritildi.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ "Kareliya ASSR" (oʻzbekcha). Ensiklopedik lugʻat. 1. Toshkent: Oʻzbek sovet ensiklopediyasi. 1988. p. 365. 5-89890-002-0.
|