Kontent qismiga oʻtish

Qirgʻiziston Sovet Sotsialistik Respublikasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Maqom Qirgʻiziston ASSR tarkibida (1926–36)
Sovet Ittifoqi respublikasi (1936–91)
Hukumat boshchisi  
 1936—1937
Bayali Isakeyev
 1986—1991
Apas Jumagulov
Tarixiy era XX asr
Avvalgi davlat
Keyingi davlat
Qirgʻiziston ASSR
Qirgʻiziston
Hozirda hududida quyidagilar mavjud  Qirgʻiziston

Qirgʻiziston Sovet Sotsialistik Respublikasi, Qirgʻiziston SSR (qirgʻizcha: Кыргыз Советтик Социалисттик Республикасы; ruscha: Киргизская Советская Социалистическая) — Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan respublikalarning biri. Ayrim manbalarda Sovet Qirgʻizistoni deb yuritiladi.

1924-yilning 14-oktabrida Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi tarkibida Qoraqirgʻiz avtonom oblasti (ruscha: Кара-Киргизская автономная область) tashkil etilgan. Oblast nomi 1925-yilning 25 mayida Qirgʻiziston avtonom oblasti (ruscha: Киргизская автономная область) deb oʻzgartirilgan. 1926-yil 1-fevralda Qirgʻiziston Avtonom Sotsialistik Sovet Respublikasiga (ruscha: Киргизская Автономная Социалистическая Советская Республика) aylantirilgan. 1936-yil esa Qirgʻiziston SSR nomi bilan toʻliq ittifoqdosh respublika boʻlgan.

Qirgʻiziston SSR poytaxti Frunze (hozirgi Bishkek) shahri boʻlgan. Respublika 40 rayonga boʻlingan, 21 shahar, 28 shahar tipidagi posyolkasi boʻlgan.[1]

1990-yilning 15-dekabrida Qirgʻiziston SSR suverenitet eʼlon qildi. 1991-yilning 31-avgustida esa respublika oʻz mustaqilligini eʼlon qildi. Qirgʻiziston mustaqilligi 1991-yilning 26-dekabrida Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan keyin tan olindi.

Qirgʻizistonda miloddan avvalgi VII—VI asrlarda sinfiy jamiyat vujudga kelgan. Mamlakat VI—XII asrlarda Turk xoqonligi, qarluqlar, Qoraxoniylar davlatlari tarkibida boʻlgan. XIII asr — XVI asrning birinchi yarmida moʻgʻullar, oyrotlar qoʻl ostiga oʻtgan. XV asrning ikkinchi yarmida qirgʻiz elati shakllanib boʻlgan.

Qoraqirgʻiz avtonom oblasti oʻlaroq 1924-yilda tashkil topgan Qirgʻiziston SSR 50 yilligiga bagʻishlangan marka

Qirgʻiziston SSR tuziladigan hudud XIX asrning birinchi yarmida Qoʻqon xonligi tarkibida boʻlgan. XIX asrning 60–70-yillarida ushbu hududni Rossiya qoʻshib olgan. 1917-yil noyabr — 1918-yil iyunida Sovet hokimiyati oʻrnatilgan. 1921-1922-yillarda yer-suv islohoti amalga oshirilgan.

Oʻrta Osiyoning milliy davlat chegaralanishi natijasida 1924-yilning 14-oktabrida Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi tarkibida Qoraqirgʻiz avtonom oblasti (ruscha: Кара-Киргизская автономная область) tashkil etilgan. Oblast nomi 1925-yilning 25 mayida Qirgʻiziston avtonom oblasti (ruscha: Киргизская автономная область) deb oʻzgartirilgan. 1926-yil 1-fevralda Qirgʻiziston Avtonom Sotsialistik Sovet Respublikasiga (ruscha: Киргизская Автономная Социалистическая Советская Республика) aylantirilgan.

Qirgʻiziston Avtonom Sotsialistik Sovet Respublikasi 1936-yil Qirgʻiziston SSR nomi bilan toʻliq ittifoqdosh respublika boʻlgan. 1937-yil Qirgʻiziston SSR Kommunistik partiyasi tashkil topgan.

1990-yilning 15-dekabrida Qirgʻiziston SSR suverenitet eʼlon qildi. 1991-yilning 31-avgustida esa respublika oʻz mustaqilligini eʼlon qildi. Qirgʻiziston mustaqilligi 1991-yilning 26-dekabrida Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan keyin tan olindi.

  1. "Qirgʻiziston SSR" (oʻzbekcha). Ensiklopedik lugʻat. 2. Toshkent: Oʻzbek sovet ensiklopediyasi. 1988. p. 486. 5-89890-018-7.