Latviya Sovet Sotsialistik Respublikasi
Latviya Sovet Sotsialistik Respublikasi | |||||
Латвийская Советская Социалистическая Республика Latvijas Padomju Sociālistiskā Republika | |||||
Tan olinmagan Sovet Ittifoqi respublikasi (1940–1941, 1944–1990/91) | |||||
| |||||
Shior Visu zemju proletārieši, savienojieties! (latishcha) „Butun dunyo proletarlari, birlashingiz!“ | |||||
Madhiya Latvijas Padomju Sociālistiskās Republikas himna „Latviya Sovet Sotsialistik Respublikasi gimni“ | |||||
![]() Latviya SSRning (qizil) Sovet Ittifoqida joylashuvi
| |||||
Poytaxti | Riga | ||||
Til(lar)i | Latish Rus | ||||
Etnoxoronimi | Latish Sovet | ||||
Hukumati | Sovet sotsialistik respublika | ||||
Birinchi kotib | |||||
• | 1940–1959 | Jānis Kalnbērziņš | |||
• | 1990 | Alfrēds Rubiks | |||
Tarixi | XX asr | ||||
• | Sovet okkupatsiyasi | 17-iyun 1940-yil | |||
• | SSRga asos solingan | 21-iyul 1940-yil | |||
• | Sovet Ittifoqi anneksiya qilib olgan, Latviya de jure davom etgan | 5-Avgust 1940-yil | |||
• | Fashistlar okkupatsiyasi | 1941–1945 | |||
• | Sovetlar qayta okkupatsiyasi SSRga qayta asos solingan |
1944/1945 | |||
• | Latviya Respublikasi deb qayta nomlangan | 4-May 1990-yil | |||
• | Sovet Ittifoqi Davlat kengashi mustaqilligini tan olgan | 6-Sentabr 1991-yil | |||
Maydoni | |||||
• | 1989 | 64589 km² | |||
Aholisi | |||||
• | 1989 (tax.) | 2 666 567 | |||
Zichlik | 41.285156915264 km² | ||||
Pul birligi | Sovet rubli (SUR) | ||||
Telefon kodi | +7 013 |
Latviya Sovet Sotsialistik Respublikasi, Latviya SSR (estoncha: Latvijas Padomju Sociālistiskā Republika; ruscha: Латвийская Советская Социалистическая Республика) — Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan respublikalarning biri. Ayrim manbalarda Sovet Latviyasi deb yuritiladi.
Latviya SSR Sovet Ittifoqining tan olinmagan respublikasi boʻlgan va Sovet Ittifoqi hukumati qoʻli ostidagi hukumat tomonidan boshqarilgan. 1940-yilning 16-iyunida sovet qoʻshinlari Molotov–Ribbentrop pakti asosida Litvaga bostirib kirgan. Natijada 1940-yilning 21-iyulida Latviya Respublikasi hududida Latviya SSR tuzilgan. Buning uchun Sovet Ittifoqi dastaklagan qoʻgʻirchoq hukumat oʻrnatilgan.[1]
1940-yilning 23-iyulida eʼlon qilingan Welles deklaratsiyasi ortidan 1940-yilning 5-avgustida Latviyaning Sovet Ittifoqi tomonidan anneksiya qilib olingani AQSH va Yevropa davlatlari tomonidan tan olinmagan. Latviya Sovet Ittifoqiga kirgan 15-respublika oʻlaroq yarim asr davomida tan olinmagan. Mamlakat hududini 1940-yilning iyun-iyul oylarida fashistlar Germaniyasi ishgʻol qilgan. 1944–1945-yillarda sovetlar Latviyani qayta egallagan. Bunga qaramasdan, Latviya de jure mustaqil davlat sifatida mavjud boʻlgan, ayrim davlatlar Latviyaning eski hukumati nomidan faoliyat yuritgan diplomat va konsullarni tan olishda davom etgan.
Latviya SSR poytaxti Riga shahri boʻlgan. Respublika 26 rayonga boʻlingan, 56 shahar, 37 shahar tipidagi posyolkasi boʻlgan.[2]
Latviyada sovet hukmronligi Sovet Ittifoqi parchalana boshlaganidan keyin oʻz yakuniga yetdi. Latviya SSRning ilk saylangan parlamenti 1990-yilning 4-mayida Latviya mustaqilligini tiklash haqidagi deklaratsiyani qabul qildi va mamlakat nomini qaytadan Latviya Respublikasi deb oʻzgartirdi. 1991-yilning 21-avgustida – Moskvada davlat toʻntarishi urinishi boshlanganidan keyin ikki kun oʻtib – Latviya Respublikasi mustaqilligi qayta tiklandi. Sovet Ittifoqi mamlakat mustaqilligini 1991-yil 6-sentabrda rasman tan oldi.
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Latviyada sinfiy jamiyat milodiy 5-asrda vujudga kelgan. 10–13-asrlarda dastlabki feodal knyazliklari (Koknese, Ersika, Talava) boʻlgan. 13–16-asrlarda nemis feodal-katolik istilochilari qoʻl ostida boʻlgan. 1562-yili Latviya hududining bir qismini Polsha va Shvetsiya boʻlib olgan. 17-asr boshiga kelib latish elati tarkib topgan. 1721–1795-yillarda Rossiyaga birlashgan. 19-asrning 90-yillarida sotsialist-demokratik toʻgaraklar vujudga kelgan.

1918-yil 17-dekabrda Latviyada Sovet hokimiyati oʻrnatilgan. 1934-yil mayida fashistlar toʻntarilishi boʻlgan. 1940-yil iyunda fashistlar hukumatini agʻdarilib, Sovet hokimiyati qayta tiklangan. 1940-yil 21-iyulda Latviya SSR tashkil etilgan. 1940-yil 5-avgustdan Sovet Ittifoqi tarkibiga qoʻshib olingan.
Latviyaning Sovet Ittifoqi tomonidan anneksiya qilib olingani AQSH va Yevropa davlatlari tomonidan tan olinmagan. Latviya Sovet Ittifoqiga kirgan 15-respublika oʻlaroq yarim asr davomida tan olinmagan.
Latviya SSR 1941-yili nemis-fashist qoʻshinlari tomonidan okkupatsiya qilingan. 1944–1945-yillarda sovetlar Latviyani qayta egallagan. Bunga qaramasdan, Latviya de jure mustaqil davlat sifatida mavjud boʻlgan, ayrim davlatlar Latviyaning eski hukumati nomidan faoliyat yuritgan diplomat va konsullarni tan olishda davom etgan.
Latviyada sovet hukmronligi Sovet Ittifoqi parchalana boshlaganidan keyin oʻz yakuniga yetdi. Latviya SSRning ilk saylangan parlamenti 1990-yilning 4-mayida Latviya mustaqilligini tiklash haqidagi deklaratsiyani qabul qildi va mamlakat nomini qaytadan Latviya Respublikasi deb oʻzgartirdi. 1991-yilning 21-avgustida – Moskvada davlat toʻntarishi urinishi boshlanganidan keyin ikki kun oʻtib – Latviya Respublikasi mustaqilligi qayta tiklandi. Sovet Ittifoqi mamlakat mustaqilligini 1991-yil 6-sentabrda rasman tan oldi.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Ronen, Yaël. Transition from Illegal Regimes Under International Law. Cambridge University Press, 2011 — 17 bet. ISBN 978-0-521-19777-9.
- ↑ "Latviya SSR" (oʻzbekcha). Ensiklopedik lugʻat. 1. Toshkent: Oʻzbek sovet ensiklopediyasi. 1988. p. 449. 5-89890-002-0.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() |
Vikiomborda Latviya Sovet Sotsialistik Respublikasi haqida turkum mavjud |
|