Qozogʻiston Sovet Sotsialistik Respublikasi
Qozogiston Sovet Sotsialistik Respublikasi | ||||||||||
Қазақ Советтік Социалистік Республикасы Казахская Советская Социалистическая Республика | ||||||||||
Sovet Ittifoqi respublikasi (1936–91) | ||||||||||
| ||||||||||
Shior Барлық елдердің пролетарлары, бірігіңдер! (Qozoqcha) Barlıq elderdiñ proletarları, birigiñder! (transliteratsiya) „Butun dunyo proletarlari, birlashingiz!“ | ||||||||||
Madhiya Қазақ Советтік Социалистік Республикасінің мемлекеттік гимні Qazaq Sovettik Socïalïstik Respwblïkasiniñ memlekettik gïmni „Qozogʻiston Sovet Sotsialistik Respublikasi gimni“ | ||||||||||
Qozogʻiston SSRning (qizil) Sovet Ittifoqida joylashuvi
| ||||||||||
Poytaxti | Olmaota | |||||||||
Til(lar)i | Rasmiy tillar: Qozoq · Rus Ozchiliklar tillari: Oʻzbek | |||||||||
Etnoxoronimi | Qozoq Sovet | |||||||||
Hukumati | Stalinist bir partiyali totalitar diktatura (1936-1953) Unitar Marksist-Leninist bir partiyali sovet sotsialistik respublika (1953-1991) | |||||||||
Birinchi kotib | ||||||||||
• | 1936–1938 (ilk) | Levon Mirzoyan | ||||||||
• | 1989–1991 (songgi) | Nursultan Nazarbayev | ||||||||
Hukumat boshchisi | ||||||||||
• | 1936–1937 (ilk) | Uraz Isayev | ||||||||
• | 1989–1991 (songgi) | Uzakbay Karamanov | ||||||||
Tarixi | XX asr | |||||||||
• | Sovet respublikasi eʼlon qilingan | 5-dekabr 1936-yil | ||||||||
• | Jelto`qsan koʻtarilishi | 16-dekabr 1986-yil | ||||||||
• | Suverenitet eʼlon qilingan | 25-oktabr 1990-yil | ||||||||
• | Qozogʻiston Respublikasi deb qayta nomlangan | 10-dekabr 1991-yil | ||||||||
• | Mustaqillik eʼlon qilingan | 16-dekabr 1991-yil | ||||||||
• | Mustaqillik yakunlangan | 25-dekabr 1991-yil | ||||||||
Maydoni | ||||||||||
• | 1990-yil | 2717300 km² | ||||||||
Aholisi | ||||||||||
• | 1990-yil (tax.) | 16 711 900 | ||||||||
Zichlik | 6.1501858462444 km² | |||||||||
Pul birligi | Sovet rubli (SUR) | |||||||||
Telefon kodi | +7 31/32/330/33622 | |||||||||
|
Qozogʻiston Sovet Sotsialistik Respublikasi, Qozogʻiston SSR (qozoqcha: Қазақ Советтік Социалистік Республикасы; ruscha: Казахская Советская Социалистическая Республика) — Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan respublikalarning biri. Ayrim manbalarda Sovet Qozogʻistoni deb yuritiladi.
1920-yilning 26-avgustida Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi tarkibida Qirgʻiziston Avtonom Sotsialistik Sovet Respublikasi (ruscha: Киргизская Автономная Социалистическая Советская Республика) tuzilgan. Respublika 1925-yilning 19-aprelida Qozogʻiston Avtonom Sotsialistik Sovet Respublikasi (ruscha: Казахская Автономная Социалистическая Советская Республика) deb qayta nomlangan. 1936-yilning 5-dekabrida Qozogʻiston SSR deb yana qayta nomlangan va toʻliq ittifoqdosh respublikaga aylangan.
Qozogʻiston SSR poytaxti Olmaota shahri boʻlgan. Respublika 222 rayonga boʻlingan, 83 shahar, 206 shahar tipidagi posyolkasi boʻlgan.[1]
Qozogʻiston SSR 1991-yilning 10-dekabrida Qozogʻiston Respublikasi deb qayta nomlandi. 16-dekabr kuni esa respublika Sovet Ittifoqidan oʻz mustaqilligini eʼlon qilgan soʻnggi ittifoqdosh respublika boʻldi. Qozogʻiston mustaqilligi 1991-yilning 26-dekabrida Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan keyin tan olindi
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Qozogʻistonda sinfiy jamiyat miloddan avvalgi 2–1-asrlarda shakllangan. 6-asr oʻrtasi – 8-asrda Turk xoqonligi, qarluqlar davlati, 9–12-asrlarda oʻgʻuzlar, Qoraxoniylar davlati boʻlgan. 11-asr – 13-asr boshida saljuqiylar, kidonlar, moʻgʻullar hujum qilgan. 15-asr oxirida Qozoq xonligi tuzilib, oʻz navbatida juzlarga boʻlingan. 16-asr boshiga kelib qozoq elati shakllangan.
19-asrning 60-yillarida Ulugʻ juzning Rossiyaga qoʻshilishi bilan butun qozoq yerlari (Semipalatinsk, Aqmolinsk, Toʻrgʻay, Uralsk, Yettisuv va Sirdaryo oblastlarining bir qismi) Rossiya tarkibiga oʻtdi.
Qozogʻistonda 19–20-asrlarda dastlabki sotsialist-demokratik toʻgaraklar tuzilgan. Qozogʻistonda Sovet hokimiyati 1917-yil noyabr – 1918-yil fevralda oʻrnatilgan. 1920-yilning 26-avgustida Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi tarkibida Qirgʻiziston Avtonom Sotsialistik Sovet Respublikasi (ruscha: Киргизская Автономная Социалистическая Советская Республика) tuzilgan. 1921-1922-yillarda yer-suv islohoti amalga oshirilgan.
Qirgʻiziston ASSR 1925-yilning 19-aprelida Qozogʻiston Avtonom Sotsialistik Sovet Respublikasi (ruscha: Казахская Автономная Социалистическая Советская Республика) deb qayta nomlangan. 1924–1925-yillarda Oʻrta Osiyoning milliy-davlat chegaralanishi natijasida barcha qozoq yerlari birlashgan.
1936-yilning 5-dekabrida Qozogʻiston SSR tuzilgan va toʻliq ittifoqdosh respublikaga aylangan. 1937-yil Qozogʻiston SSR Kommunistik partiyasi tashkil topgan.
Qozogʻiston SSR 1991-yilning 10-dekabrida Qozogʻiston Respublikasi deb qayta nomlandi. 16-dekabr kuni esa respublika Sovet Ittifoqidan oʻz mustaqilligini eʼlon qilgan soʻnggi ittifoqdosh respublika boʻldi. Qozogʻiston mustaqilligi 1991-yilning 26-dekabrida Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan keyin tan olindi.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ "Qozogʻiston SSR" (oʻzbekcha). Ensiklopedik lugʻat. 2. Toshkent: Oʻzbek sovet ensiklopediyasi. 1988. p. 491. 5-89890-018-7.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() |
Vikiomborda Qozogʻiston Sovet Sotsialistik Respublikasi haqida turkum mavjud |
|