Litva Sovet Sotsialistik Respublikasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Litva Sovet Sotsialistik Respublikasi
Литовская Советская Социалистическая Республика
Lietuvos Tarybų Socialistinė Respublika
Tan olinmagan Sovet Ittifoqi respublikasi
(1940–1941, 1944–1990/91)
1940–1941
1944–1990/91
Bayroq
Flag of Lithuania (1988–2004).svg
Bayroq (yuqorida) (1953–1988)
Bayroq (pastda) (1988–1990/91)
Gerb (1978–1990)
Gerb (1978–1990)
Shior
Visų šalių proletarai, vienykitės! (Litvacha)
„Butun dunyo proletarlari, birlashingiz!“
Madhiya
Lietuvos Tarybų Socialistinės Respublikos himnas „Litva Sovet Sotsialistik Respublikasi gimni“ (1950–1988)


Tautiška giesmė (1988–1990/91)
Litva SSRning (qizil) Sovet Ittifoqida joylashuvi
Poytaxti Vilnius
Til(lar)i Litva, Rus
Etnoxoronimi Litva
Sovet
Hukumati Stalinist bir partiyali totalitar diktatura (1940–1953)
Unitar Marksist-Leninist bir partiyali sovet sotsialistik respublika (1953–1989)
Unitar yarim prezidentlik respublika (1989–1991)
Birinchi kotib
 •  1944–1974 Antanas Sniečkus
 •  1974–1987 Petras Griškevičius
 •  1987–1988 Ringaudas Songaila
 •  1988–1990 Algirdas Brazauskas
Oliy Kengash raisi
 •  1990–1991 Vytautas Landsbergis
Tarixi XX asr
 •  Sovet okkupatsiyasi 16-iyun 1940-yil
 •  SSRga asos solingan 21-iyul 1940-yil
 •  Sovet Ittifoqi anneksiya qilib olgan, Litva de jure davom etgan 3-avgust 1940-yil
 •  Fashistlar okkupatsiyasi iyun 1941-yil
 •  Sovetlar qayta okkupatsiyasi
SSRga qayta asos solingan
sentabr–noyabr 1944-yil
 •  Kuylovchi inqilob 1988
 •  Litva suvereniteti deklaratsiyasi 18-may 1989-yil
 •  Litva Respublikasi deb qayta nomlangan 11-mart 1990-yil
 •  Sovet Ittifoqi Davlat kengashi mustaqilligini tan olgan 6-sentabr 1991-yil
Maydoni
 •  1989 65200 km²
Aholisi
 •  1989 (tax.) 3 689 779 
     Zichlik 56.591702453988 km²
Pul birligi Sovet rubli (SUR)
Telefon kodi +7 012

Litva Sovet Sotsialistik Respublikasi, Litva SSR (litovcha: Lietuvos Tarybų Socialistinė Respublika; ruscha: Литовская Советская Социалистическая Республика) — Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan respublikalarning biri. Ayrim manbalarda Sovet Litvasi deb yuritiladi.

Litva SSR Sovet Ittifoqining tan olinmagan respublikasi boʻlgan va Sovet Ittifoqi hukumati qoʻli ostidagi hukumat tomonidan boshqarilgan. 1940-yilning 16-iyunida sovet qoʻshinlari Molotov–Ribbentrop pakti asosida Litvaga bostirib kirgan. Natijada 1940-yilning 21-iyulida Litva Respublikasi hududida Litva SSR tuzilgan. Buning uchun Sovet Ittifoqi dastaklagan qoʻgʻirchoq hukumat oʻrnatilgan. 1941-yildan 1944-yilgacha Litva hududi fashistlar Germaniyasi tomonidan ishgʻol qilingan va Reichskommissariat Ostland tarkibiga kirgan.

Aksar davlatlar Litvaning qoʻshib olinganini de jure tan olmagan va Sovet Hukumati tomonidan de facto boshqarilishinigina tan olgan yoki umuman tan olmagan. Ushbu mamlakatlarning ayrimlari Litvaning eski hukumati nomidan faoliyat yuritgan diplomat va konsullarni tan olishda davom etgan. Natijada Litva 1940–91-yillar mobaynida de jure okkupatsiya qilingan mustaqil davlat hisoblangan.

Litva SSR poytaxti Vilnius shahri boʻlgan. Respublika 44 rayonga boʻlingan, 92 shahar, 22 shahar tipidagi posyolkasi boʻlgan.[1] 1946-yildan keyin Belorussiya bilan chegaradagi ayrim oʻzgarishlarni eʼtiborga olmaganda, Litva SSRning chegaralari hozirgi kundagi Litva chegaralariga mos keladigan koʻrinishga kelgan.

1989-yilning 18-mayda Litva SSR Moskvadan suverenitet eʼlon qilgan Sovet Ittifoqi taʼsiri doirasidagi birinchi respublikalardan boʻldi. 1990-yilning 11-martida Litva Sovet Sotsialistik Respublikasi Litva Respublikasi deb qayta nomlandi va mustaqilligi qayta tiklandi. Sovet Ittifoqi mamlakat mustaqilligini 1991-yil 6-sentabrda rasman tan oldi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Litvada sinfiy jamiyat milodiy 5–6-asrlarda vujudga kelgan. 1240-yilga kelib feodal Litva Buyuk knyazligi tashkil topgan. 13-asrda litva elati shakllangan. 1558–1583-yillarda Litva Rossiyaga qarshi Livoniya urushida qatnashgan. Lyublin ittifoqiga muvofiq 1569-yili Litva Polsha bilan birga Rech Pospolitaga birlashgan. 1795–1815-yillarda Litvani Rossiya butunlay bosib olgan. 1830–1831 va 1863–1864-yillarda Litva xalqi Polsha qoʻzgʻolonlarida qatnashgan.

Litva SSRning 1940-yildagi xaritasi

19-asr oxirida dastlabki sotsialist-demokratik tashkilotlar vujudga kelgan. 1918-yil dekabr – 1919-yil yanvarda Sovet hokimiyati Litva hududining koʻp qismida oʻrnatilgan. Litva 1919-yil fevral-avgustda Litva-Belorus Sovet Sotsialistik Respublikasi tarkibida boʻlgan.

1940-yilning 16-iyunida sovet qoʻshinlari Molotov–Ribbentrop pakti asosida Litvaga bostirib kirgan. Natijada 1940-yilning 21-iyulida Litva Respublikasi hududida Litva SSR tuzilgan. Buning uchun Sovet Ittifoqi dastaklagan qoʻgʻirchoq hukumat oʻrnatilgan. Litva SSR 1940-yil 3-avgustda SSSR tarkibiga kirgan. 1941-yili nemis-fashist qoʻshinlari okkupatsiya qilgan, 1944-yil iyuli – 1945-yil yanvarida Sovet armiyasi tomonidan qayta bosib olingan.

Litva SSR Sovet Ittifoqining tan olinmagan respublikasi boʻlgan va Sovet Ittifoqi hukumati qoʻli ostidagi hukumat tomonidan boshqarilgan. Aksar davlatlar Litvaning qoʻshib olinganini de jure tan olmagan va Sovet Hukumati tomonidan de facto boshqarilishinigina tan olgan yoki umuman tan olmagan. Ushbu mamlakatlarning ayrimlari Litvaning eski hukumati nomidan faoliyat yuritgan diplomat va konsullarni tan olishda davom etgan. Natijada Litva 1940–91-yillar mobaynida de jure okkupatsiya qilingan mustaqil davlat hisoblangan.

1989-yilning 18-mayda Litva SSR Moskvadan suverenitet eʼlon qilgan Sovet Ittifoqi taʼsiri doirasidagi birinchi respublikalardan boʻldi. 1990-yilning 11-martida Litva Sovet Sotsialistik Respublikasi Litva Respublikasi deb qayta nomlandi va mustaqilligi qayta tiklandi. Sovet Ittifoqi mamlakat mustaqilligini 1991-yil 6-sentabrda rasman tan oldi.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Litva SSR" (oʻzbekcha). Ensiklopedik lugʻat. 2. Toshkent: Oʻzbek sovet ensiklopediyasi. 1988. p. 463. 5-89890-002-0.