Xudoyorxon oʻrdasi
Madrasa | |
Xudoyorxon oʻrdasi
Arki oliy | |
![]() | |
Mamlakat | ![]() |
Shahar | Qoʻqon |
Manzil | Istiqlol koʻchasi 2 |
Mulkdor | Davlat mulki. Fargʻona viloyati madaniy me'ros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida. 2018-yildan beri Qoʻqon davlat muzey qoʻriqxonasiga tarkibidagi bosh muzey |
Meʼmoriy uslub | Tarixiy obida |
Meʼmor | Mir Ubaydulla Muhandis |
Binokorlik tashabbuschisi | Xudoyorxon |
Binokorlik | 1865—1870 |
Holati | Qoʻqon davlat muzey qoʻriqxonasi |
Umumiy maydoni | 0.65 ga |
Gumbazlar soni | 1 |
Hujralar soni | 19 |
Sayt | [Rasmiy sayti Rasmiy sayt] |
![]() |
Xudoyorxon oʻrdasi — Arki oliy Sayyid Muhammad Xudoyorxon (rasmiy nomi). Meʼmoriy yodgorlik (XX asrning ikkinchi yarmida); Qoʻqon xoni Xudoyorxon qurdirgan. Meʼmor va muhandis Mir Ubaydulla Muhandis loyihasi va rahbarligida bunyod etilgan; ustalardan Mulla Suyarqul, Solixoʻja va buxorolik usta Fozilxoʻjalar qatnashgan, koshinlarini rishtonlik kulol usta Abdulla mahorat bilan bajargan.Xon qarorgohi, oʻrda ahli yashaydigan hamda turli maqsadlarda foydalaniladigan 100 dan ortiq katta-kichik xonalar, ichki-tashqi hovlilardan iborat boʻlgan. Birinchi hovlida ayvon, koʻrinishxona (salomxona), xazinaxona, alohida saxdli masjid, Keyingi hovli xon qarorgohi (shohnishin), xoʻjalik binolari, binoning anfi qismi haram va xos xonalar egallagan; haramxonalari bezaklari odmi boʻlib, asosan, quyma ganch
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bino tuzilishi (tarxi)[tahrir | manbasini tahrirlash]
Xudoyorxon oʻrdasi toʻgʻri toʻrtburchak tarhli (68x143 m) boʻlib, sunʼiy tepalikka baland gʻishtin poydevorli qilib qurilgan. Xudoyorxon oʻrdasining asosiy sharqiy tomonini tashkil etuvchi peshtoq gumbazli darvozaxona hamda uning ikki qanotida joylashgan xonalargina saqlangan, qolgan qismi qayta taʼmirlangan. Bosh tarzi bir qavatli qilib bunyod etilgan, pishiq gʻishtdan (26x26x5 sm) ganch suvoqda terilgan devorlarga bir gʻisht chuqurligida ravoqlar ishlangan. Peshtoq oʻrda devoridan birmuncha boʻrttirib oldinga chiqarib qurilgan, baland va hashamatli, peshtoqning ikki yoni va tarzlarining ikki burchaklarida gumbazli mezanalar bilan yakunlangan guldastalar bor. Peshtoqqa uzunligi 40 m boʻlgan qiya yoʻlka (pandus) orqali oʻtiladi. Xudoyorxon oʻrdasi bosh tarzi ravoqlari, peshtoq va guldastalaridagi handasaviy naqshlar koshinlar, sirkori parchinlardan mahorat bilan yaratilgan. Peshtoq orqali toʻrtburchak tarhli darvozaxonaga oʻtiladi, darvozaxona gumbazi oʻzaro kesishgan ravoqli asos ustiga qoʻyilgan; gumbaz usti, oʻz navbatida, qubbali mezana bilan yakunlangan, undagi panjarali darchalar orqali ichkariga yorugʻlik tushadi. Oʻrdaning bosh tarzi, xonalar koshinlar, oʻyma ganchkori naqshlar bilan bezatilgan, shiftlari hovuzakli boʻlib, ularga gullar solingan, xonalarning tepa qismi sharafalar bilan hoshiyalangan, ayrim xonalarning poliga parket terilgan, ayvonlar sahniga marmar yotqizilgan, devorlariga ravoqlar ishlanib, naqshlar bilan ziynatlangan.
Keyingi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
1938-yilda Xudoyorxon oʻrdasi meʼmor Obid Zayniddinov boshchiligida taʼmirlash loyihasi ishlari olib borildi; taʼmirlashda usta Qodirjon Haydarov, naqqosh S.Norqoʻziyev va boshqa ustalar qatnashdi. 1974-yildagi ilmiy taʼmirlash va loyihalash ishlari (meʼmori N. Akromxoʻjayev, E. Nurullayev va boshqalar) natijasida saroyning dastlabki holati aniqdandi.
1924-yilda Xudoyorxon oʻrdasida Qishloq xoʻjaligi yutuqlari koʻrgazmasi ochilgan, 1925-yildan Qoʻqon shahar oʻlkashunoslik muzeyi faoliyat koʻrsatib kelmoqda.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Abdulla Qodiriyning „Mehrobdan chayon“ asarida ham Xudoyorxon oʻrdasi badiiy jihatdan taʼriflangan.