Pandus

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Pandus (frans. pante douce— nishab, qiyalik) — binoning eshigi, darvoza-siga kiriladigan nishab maydoncha; baʼzan zinapoya vazifasini oʻtaydi. Oʻrta Osiyo hududidagi qad. shahar qalʼa va koʻshklarga P.lar orqali koʻtarilgan. Togʻlar orasida joylashgan turar joylarga maxsus P.lar ishlangan (Samarqanddagi Xoʻja Doniyor maqbarasida, Qashqadaryo viloyati Gʻilon qishlogʻida, Nurota togʻ etaklaridagi qoʻrgʻon va qalʼalarga chiqishda, Surxondaryodagi "Bibishoy" koʻprigi, Bu-xoro arki darvozasi oldidagi P.lar va boshqalar). Zamonaviy meʼmorlikda jamo-at, sanoat binolari, transport in-shootlari, garaj kabilar qurilishida P.dan foydalanilmoqda.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil