Qoʻqon shahar oʻlkashunoslik muzeyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qoʻqon shahar oʻlkashunoslik muzeyiQoʻqon shahridagi madaniy-maʼrifiy muassasa. 1925 yil Xudoyorxon oʻrdasida Fargʻona okrug oʻlkani oʻrganish muzeyi nomi bilan tashkil etilgan; 193057 yillarda Qoʻqon rayonlararo oʻlkani oʻrganish muzeyi. 1958 yildan hozirgi nomda. Muzeyda tabiat, tarix, qad. davr tarixi, yangi davr tarixi, sanʼ-at, ommaviy ishlar boʻlimlari, kutubxona (7 ming dona kitob) bor; fon-dida 37 ming dona eksponat saqlanadi (2004). Muzey ekspozitsiyasi Qoʻqon shahri tarixi, Fargʻona vodiysi tabiati, hayvonot va oʻsimliklar dunyosi, madaniyatini atroflicha aks ettiradi. Muzeyning 4 boʻlimi faoliyat koʻrsatmoqda: Qodirjon Haydarov uy-muzeyi, Jome amaliy sanʼat muzeyi, Muqimiy uy-muzeyi, Hamza uy-muzeyi.