Hovuzak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hovuzak, havzak — xona, ayvon shiftidagi chuqurcha; meʼmoriy shakl. Oʻzbek meʼmorligida 19-asr oxiri — 20-asr boshlaridan keng qoʻllana boshlangan. Bino shifti boʻlak (kesson)larga boʻlinib H. ishlangan. H. aylana, toʻrtburchak, yulduz va koʻp qirrali shakllarda boʻlib, boʻyama naqshlar bilan, baʼzan muqarnaslar bilan ziynatlangan. H. vassa, sharafa, toʻsin, ustun, boshalar bilan birga shiftning jozibador koʻrinishini hosil qiladi. Toshkent (hozirgi Amaliy sanʼat muzeyi va boshqalar), Fargʻona (Qoʻqondagi Xudoyorxon oʻrdasi va boshqalar), Buxoro (Bolohovuz meʼmoriy majmui va boshqalar)ning meʼmoriy yodgorliklarida H. keng qoʻllangan. 20-asr — 21-asr boshlari oʻzbek meʼmorligida ustalar jamoat va turar joy binolari (ayniqsa, fanerli shiftlar)da H.larni qoʻllab binolarning ichki koʻrkamligini boyitmoqda. Jumladan, Samarqanddagi Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuida usta A.Abdullayev ishlagan H.lar binoga yanada koʻrk bagʻishlagan.