Parket

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Parket (frans. parquet) — turar joy va jamoat binolari pollariga qoplash uchun moʻljallangan yupqa taxtacha yoki shunday taxtachalardan qilingan pol. Taxtachalar har xil geometrik shakllarda teriladi (qoqiladi). P. pol kurkam chiqadi, tovush va issiklikni uncha oʻtkazmaydi. Qattiq jinsli yogʻoch (zarang, eman, qayin, yongʻoq, qora qayin va boshqalar) dan tayyorlanadi. Yigma, shitli va listli xillari bor. Yigʻma P. uzunligi 150–500 mm, eni 35 –90 mm va qalinligi 12–20 mm li toʻgʻri toʻrtburchak planka taxtachalardan ibo-rat. Har bir taxtacha chetlariga ariqchalar qilinadi. Taxtacha qoplashda oldin polga siyrakroq qilib taxtalar qoqilib, ustiga karton yoki qogʻoz toʻshaladi. Taxtachani shu toʻshama ustiga qoʻyib, yonidagi ariqchasiga qiyalatib mix qoqiladi, ariqchaga tirnoq (en-siz yupqa taxtacha) tiqiladi, tirnoqning ariqchadan chiqib qolgan qismini navbatdagi taxtacha ariqchasiga ki-ritib, shu taxtachaning narigi chetidagi ariqchasiga mix qoqiladi. Taxtachalar birin-ketin shu tarzda mahkamlab ke-tilaveradi. Taxtachalarni har xil naqsh hosil boʻladigan qilib krqish mumkin. Shitli P. 5x1,5 m gacha oʻlchamli shit tarzida tayyorlanadi. Shitlar siyrak qoqilgan taxtalar ustiga mix bilan mah-kamlanadi, shitlar orasida hosil boʻlgan tirqishga yupqa taxtachalar ti-qib yopishtiriladi. L istl i P. qattiq yogʻoch-tolali plitalar ustiga yupqa (4– 6 mm li) taxtachalar yopishtirib tayyorlanadi. Agar P.-pol beton ustiga qoplanadigan boʻlsa, pol ustiga oldin rey-kalar qoʻyib, ularning ustiga siyrak qilib taxtalar qoqiladi. P. -taxtachalar ana shu taxtalar ustiga qoplanadi. P.ni randalaydigan, pardozlaydigan maxsus mashinalar bor. Pardozlangan P. polga lok surkaladi. P.ni yuvib boʻlmaydi, nam qipiq, nam latta bilan artiladi, odatda, har oyda bir marta maxsus. P. mastikasi bilan (movut latta yoki chutka yordamida) pardozlab turiladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil